Karadeniz Holding – Turkiyada faoliyat yurituvchi kompaniyalardan biri boʻlib, kemasozlik sohasida Karmarine shoʻba korxonasi va energetika sohasida Karpowership shoʻba korxonalari bilan hamkorlikda ishlaydi. Kompaniya Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan.

Tarixi Karadeniz Holding 1948-yilda Rauf Usmon Karadeniz tomonidan tashkil etilgan. Guruh energetika sohasidagi investitsiyalarini 1996-yilda Turkiyaning janubida barpo etilgan ilk quruqlik elektr stansiyasi orqali boshlagan. 2003-yilda kompaniya Turkiyadagi birinchi xususiy elektr energiyasi eksportchisiga aylangan boʻlsa, 2010-yilda Iroq bilan birinchi vakolat (imtiyoz) shartnomasini imzolagan.

2025-yil iyul oyida Karadeniz Holdingʻning energetikaga oʻtish boʻlimi – Kinetics – Yaponiya yuk tashish kompaniyasi MOL bilan hamkorlikda dunyodagi ilk suzuvchi maʼlumotlar markazi platformasini birgalikda ishlab chiqish boʻyicha hamkorlik shartnomasini imzolagan.

Karmarine Karpowership kompaniyasiga tegishli Powerships nomi bilan tanilgan suzuvchi elektr stansiyalari Karmarine kabi kemasozlik zavodlarida loyihalanadi va quriladi. Karmarine 2015-yilda Yalova kemasozlik hududida tashkil etilgan boʻlib, taxminan 105 000 kvadrat metr maydonni egallaydi. Korxona Powerships bilan bir qatorda turli xil kemalarni loyihalash, qurish, qayta jihozlash, texnik xizmat koʻrsatish hamda taʼmirlash ishlari bilan shugʻullanadi.

Yagona dunyo Karadeniz jamgʻarmasi 2024-yilda Karadeniz Holding tomonidan kompaniyaning korporativ ijtimoiy mas’uliyat faoliyatini birlashtirish maqsadida tashkil etilgan notijorat tashkilotdir. Jamg‘arma taʼlim, ayollar imkoniyatlarini kengaytirish, atrof-muhit barqarorligi, gender tengligi hamda gumanitar yordam yoʻnalishlarida faoliyat yuritadi.

Qutqaruv kemalari

Qutqaruv kemalari – bu Karadeniz Holding tomonidan tabiiy ofatdan jabrlangan jamoalarga zudlik bilan yordam koʻrsatish va uzoq muddatli yordam koʻrsatish uchun ishlab chiqilgan favqulodda yordam kemalari. Har bir kema ovqatlanish, tibbiy yordam, bolalarni parvarish qilish va taʼlim olish uchun jihozlangan boʻlib, 1500 gacha kishini qoʻllab-quvvatlash imkoniyatiga ega.

2023-yil 6-fevralda Turkiya-Suriya zilzilasidan soʻng Karadeniz Holding birinchi qutqaruv kemasi Süheyla Sultonni Hatay viloyatidagi Iskenderun port shahriga joylashtirgan. Joylashtirish davomida kema 12 000 ga yaqin omon qolganlarga boshpana va xizmat koʻrsatgan.

Karpowership boshqaradigan kemalar Doğan Bey (2010) Rauf Bey (2010) Kaya Bey (2011) Alican Bey (2011) İrem Sultan (2012) Fatmagül Sultan (2013) Orhan Bey (2013) Esra Sultan (2015) Zeynep Sultan (2015) Osman Khan (2016) Onur Sultan (2016) Gökhan Bey (2016) Yasin Bey (2016) Mehmet Bey (2018) Nezih Bey (2018) Koray Bey (2018) Barış Bey (2019)

Manbalar

Turkum:Istanbulda joylashgan kompaniyalar