Abu Anis Muhammad Barkat Ali Ludhiyoniy (ابو انیس محمد برکت علی لودھیانوی) (27-aprel 1911 – 26-yanvar 1997) mashhur Qodiriya, Chishtiya va Naqshbandiya ruhiy oqimlariga mansub boʻlgan musulmon soʻfiy edi. U jami 14 ta ruhiy oqimga mansub boʻlgan.

U siyosatdan xoli, notijorat, diniy tashkilot – Dor-ul-Ehsanning asoschisi edi. Abu Anisning muridlari butun dunyoga, ayniqsa Pokistonga yoyilgan. U butun umri davomida islomni targʻib qilish bilan shugʻullandi. U Pokistonda birinchi boʻlib Qurʼon Mahalni barpo qildi. Koʻplab odamlar, jumladan siyosatchilar va amaldorlar Soʻfi Barkat Ali bilan uchrashish uchun Dor-ul-Ehsanga kelishardi. Uning maqbarasi Faysaloboddan 16 km uzoqlikda, Dasuha yaqinida, Fayzobod–Samundri yoʻli boʻyida joylashgan. Har yili mart va oktabr oylarida Dor-ul-Ehsanda koʻz klinikalari tashkil qilinib, koʻplab odamlarga bepul koʻz shifokorligi xizmati koʻrsatiladi.

Hayoti Otasi Nigohiy Baxsh yirik yer egasi edi.

Adabiy asarlari "Uning adabiy ishlari musulmon olamida eʼtiborga molik boʻlib, uning nomi musulmon yozuvchilari va shoirlari roʻyxatiga ham kiritilgan.". U din, axloq va falsafa kabi turli mavzularda 400 dan ortiq kitob yozgan. Makshufot Manazil-ul-Ehsan, 5 jildDar-ul-Ehsan Publications (Home of Mercy Publications, Sufi Barkat Ali’s writings), Retrieved 1 December 2023. Kitob-ul-Amal bis-Sunna 5 jildAnother book written by Sufi Barkat Ali, Retrieved 1 December 2023. Asmo-un-Nabiy-ul-Karim, 6 jild. Maqolot-e-Hikmat 30 jild. Zikr-e-Ilahiy.

Vafoti Abu Anis Barkat Ali Ludhiyoniy (QSA) 1997-yil 26-yanvarda (hijriy 1417-yil muborak ramazon oyining 16-kunida), 85 yoshida vafot etdi. U Faysalobodda dafn etilgan.

Yodgor pochta markasi 2013-yil 27-aprelda Pokiston posti idorasi Soʻfi Barkat Ali sharafiga „Xat ahli“ turkumidan 8 rupiy nominaldagi pochta markasini chiqardi.

Yana qarang Bobo Qoyim Sain Bobo Nur Shoh Valiy Bobo Lasuriy Shoh Mavlono Sadr Ahmad

Manbalar

Havolalar Barkat Ali Ludhiyoniy intervyularidan videolavhalar

Turkum:1911-yilda tugʻilganlar Turkum:1997-yilda vafot etganlar Turkum:20-asr ulamolari Turkum:pokistonlik yozuvchilar Turkum:islom faylasuflari Turkum:soʻfiy shoirlar Turkum:soʻfiy oriflar Turkum:pokistonlik soʻfiylar Turkum:Qodiriya tariqati Turkum:muxojirlar Turkum:ulamolar