Kruševac jangi – Vengriya qirolligi ittifoqi yordamida Serbiya despotligi va Usmoniylar imperiyasi oʻrtasida 1454-yil 2-oktyabrda boʻlib oʻtgan jang.
1454-yilda Usmoniylar Serbiyaga qarshi yirik bosqin boshladilar, yurish boshida sulton Mehmed Fotihning oʼzi turdi. Usmoniylar qoʻshini ikki qal’ani qoʻlga kiritishgaIbn Kemal, Tevarih-i Al-i Osman, VII. Defter, ed. Ş. Turan, 1957, pp. 109-118 va ularga qarshi yuborilgan 9 000 kishilik serb otliq qoʻshinini tarqatib yuborishga muvaffaq boʻldi. Shundan soʻng Serbiya poytaxti Smederevo shahri qamal qilindi. Usmoniylar John Hunyadi qoʻmondonligidagi yordamchi qoʻshin yaqinlashayotgani haqida xabar olganlaridan soʻng qamal bekor qilindi. Mehmed oʻz mulklariga qaytdi, avgust oyiga kelib Sofiyaga yetib bordiElizabeth A. Zachariadou, Romania and the Turks Pt. XIII p. 837-840, „First Serbian Campaigns of Mehemmed II (1454-1455)“. Hunyadi tomonidan Usmoniylar hududlariga hujum boʻlishini kutgan holda sulton Mehmed Fotih Firuzbey qoʻmondonligida ostida boʼlgan kuchli gvardiyani Serbiyada qoldirdi. Nikola Skobaljić boshchiligidagi serb qoʻshinlari 24-sentyabr kuni Leskovac yaqini Vraneda Usmoniylar kuchlariga qarshi jangda gʻalaba qozondi.
Leskovacdagi gʻalaba John Hunyadi va Đurađ Brankovićning oldida endilikda yakkalanib qolgan Firuzbey qoʻshiniga hal qiluvchi zarba berish imkoni paydo boʼldi. Ular 2-oktyabr kuni bu qoʻshinlarni tor-mor keltirib, uning qoʻmondonini asir oldilar, shundan keyin yirik hujum boshladilar, Nish va Pirotni vayron qildilar hamda Bolgariya shimolidagi Vidinni yoqib yubordilar. Nikola Skobaljić Usmoniylarga qarshi yurishlarini davom ettirdi, Leskovac va Prishtina oraligʻida harakat olib bordi. Biroq 16-noyabr kuni Tripolje yaqinidagi jangda magʻlub boʻlib, Usmoniylar qoʻshinlari tomonidan asir olindi va qoziqqa oʻtqazildi.
Adabiyotlar
Manbalar
Turkum:Usmoniylar-Vengriya urushlari Turkum:Vengriya ishtirokidagi janglar Turkum:Oʻrta asrlarda Vengriya ishtirokidagi janglar Turkum:Usmoniylar imperiyasi ishtirokidagi janglar Turkum:Serbiya ishtirokidagi janglar Turkum:Mehmed II ning janglari Turkum:1450-yillar Usmoniylar imperiyasida Turkum:1454-yil Yevropada