Mahmud Muhammad Shokir (), Abu Fihr () – misrlik yozuvchi, shoir, jurnalist va arab tili hamda islom madaniyati merosi boʻyicha olim.

Hayoti Shokir 1909-yil 1-fevralda Iskandariyada tugʻilgan va 1997-yil 7-avgustda Qohirada vafot etgan(ar) AL-JUMAHÎ, Ibn Sallâm, Tabaqât fuhûl al-shu`arâ', Présentation et notes par Mahmoud Mohamed CHAKER, éd. Jadda : Dâr al-Madanî, 1952.

Faoliyati Uning fikrlari va asarlari arab madaniyatining asl ildizlariga tayangan. U arab tili va madaniyatiga oid koʻplab kitoblar yozgan, jumladan: „Madaniyatimiz yoʻlidagi risola“ (Resala fel tarik ila saqofatina, رسالة في الطريق إلى ثقافتنا), „Al-Mutanabbiy“ المتنبي, „Botilliklar va rivoyatlar“ (Abatil va asmor, أباطيل وأسمار), „Bokira kamon“ (Al-qavs al-azro, القوس العذر). Turli jurnallar va magazinlarda chop etilgan uning koʻpchilik maqolalari professor Adel Sulaymon Jamol tomonidan ikki jildli bitta kitobga jamlangan boʻlib, „Jamhurat al-maqolat“ جمهرة المقالات nomi bilan nashr qilingan.

Yana qarang Ahmad Muhammad Shokir Manbalar

Turkum:1909-yilda tugʻilganlar Turkum:1997-yilda vafot etganlar Turkum:Misrlik erkak shoirlar Turkum:Musulmon yozuvchilar Turkum:Iskandariyalik yozuvchilar