Suvning (kimyoviy formulasi: H2O) — hidli, rangli, taʼmli, shaffof, suyuqlik shaffof fizik moddadir (normal holatda). Yer sirtining 97 foizini egallaydi (~1.460 × 1015 killogram); Yerdagi suv asosan okean, dengiz, koʻl, daryo (95,6 %) kabi suv havzalarida, shuningdek muzlar, yer osti suvlari (1.6 %) va atmosferadagi suv bugʻlari, bulutlarda (0.001 %) yigʻilgan. Bundan tashqari suv organizmlar tarkibida ham mavjud.

Suv kuchli eritgich hisoblanadi. Tabiatda uning tarkibida odatda eritilgan holdagi moddalar (tuzlar, gazlar) mavjuddir. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda hayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va ob-havoning shakllanishida suv muhim ahamiyatga ega. Hech qanday tirik organizm suvsiz hayot kechira olmaydi. Suv qishloq xoʻjaligi va sanoatdagi barcha texnologik jarayonlarning zaruriy qismidir.

Suv tabiatda keng tarqalgan. Yer yuzining qariyb 3/4 qismini tashkil qiladi. Gidrosfera — okeanlar, dengizlar, koʻllar, suv havzalari, daryolar, Yer osti suvlari, tuproqlar namini oʻz ichiga olgan Yerning suvli pusti 1,4— 1,5 mlrd. km³ ni tashkil etadi. Atmosferada suv bugʻ, tuman, bulut, yomgʻir, qor holatida boʻladi. Quruqlikning 10 % ga yaqin qismi muz bilan qoplangan. Litosfera gidrosferadagiga yaqin miqdorda, yaʼni 1—1,3 mlrd. km³ suv bor. Yer mantiyasida ulkan miqdorda (13—15 mlrd. km³) suv bor. Barcha tirik organizmlardagi suv Yer yuzidagi daryolar suvining yarmiga teng. Yerdagi hamma suv bir-biri bilan va atmosfera, litosfera, biosferadagi suv bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi (qarang: Suv aylanishi).

Tabiiy sharoitda suv tarkibida doimo erigan tuzlar, gazlar va organik moddalar boʻladi. Ular miqdori suvning hosil boʻlishiga va sharoitiga bogʻliq. Suvdagi tuz konsentratsiyasi 1 g/kg gacha boʻlsa — chuchuk, 25 g/kg gachasi — tu zli, undan yuqorisi — shoʻr suv deyiladi. Yogʻin Si, chuchuk, koʻl va dare Si kam mineralli boʻladi. Okean suvining shoʻrligi 35 g/kg ga yaqin, dengizniki kamroq, chuchuk suvda N SO", Sa2Q va Mg2Q ionlari koʻproq. Suvning mineralligi oshgan sari S O, S1~, NaQ va KQ ionlarining konsentratsiyasi koʻpayib boradi.

Tabiiy suvda erigan gazlar — azot, kislorod, karbonat angidrid, asl gazlar, baʼzan, vodorod sulfid, uglevodlar boʻlishi mumkin. Suvda organik moddalar konsentratsiyasi oz — darelarda oʻrtacha 20 mg/l, Yer osti Sida yanada oz, okean Sida esa 4 mg/l.

Vodorodning 2 ta barqaror izotopi (ʻH va 2H) va kislorodning 3 ta izotopi (|6O, O17, |8O) borligi tufayli 9 ta turlicha izotopli S maʼlum. Yerdagi barcha suvda tarkibida vodorodning izotopi — tritiy (3H) boʻlgan 13 — 20 kg „oʻta ogʻir“ suv bor (qarang Ogʻir suv).

Suv keng tarqalgani va uning insonlar hayotidagi ahamiyati kattaligi tufayli qadimdan hayot manbai hisoblanadi. Qad. dunyo faylasuflari fikricha, suv hayot uchun zarur boʻlgan 4 unsurning biridir (olov, havo, tuproq qatori). Shu bilan birga suv sovuqlik va namlik eltuvchisi deb ham qaralgan. XVIII asrning oxirigacha suvni individual kimyoviy element deb kelindi. 1781—82 yillarda ingliz olimi G. Kavendish Sni ilk bor vodorod va kislorod aralashmasini elektr uchquni bilan portlatib sintez qilgan. 1783-yilda fransuz olimi A. Lavuazye bu tajribani takrorlab, suvning vodorod va kisloroddan tarkib topganligini tasdiqladi. 1772-yil fransuz fizigi Delyuk suvning maksimal zichligi 4°da boʻlishini aniqladi. Suvning muhim fizik-kimyoviy xossalari jadvalda berilgan.

Suv — universal erituvchi. Unda gazlar yaxshi erishish. Suv elektrolit boʻlganligidan koʻpgina kislota, asos va tuzlarni eritadi. Suvning oʻzi ham yaxshi eruvchan modda. Vodorod bilan kislorod qoʻshilib suv hosil boʻlishida issiqlik ajralib chiqadi. 2H2+O2=2H3O reakciyasi 300° temperaturagacha juda sekin boradi. 550° da portlash yuz beradi.

Suv — nihoyatda barqaror birikma. Suv molekulalari 1000°dan yuqori temperaturada nihoyatda oz darajada vodorod va kislorodga ajraladi (termik dissotsiatsiya). 2000°da suvning termik parchalanishi 1,8 %ga, 3092°da 13 %ga, 5000°da 100 % ga yetadi. Suv ultrabinafsha nurlar (fotodissotsiatsiya) yoki radioaktiv nurlar (radioliz) taʼsirida ham parchalanadi. Suv radioaktiv parchalanganda H2 va O2 dan tashqari vodorod peroksid hamda bir qator erkin radikallar hosil boʻladi. Suv birikish va parchalanish reaksiyalariga kirishadi, kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi. Suv oʻziga xos gʻayrioddiy (anomal) xossalarga ega: sirt tarangligi yuqori, qovushoqligi kichik, suyuqlanish va qaynash temperaturasi yuqori, suyuq holatdagi zichligi qattiq holatidagidan katta. Q4°dan yuqori temperaturada ham, undan pastda ham suvning zichligi 1000 kg/m³ dan past boʻladi. Bu hodisa suvning zichlik anomaliyasi deb ataladi. Toza suvning solishtirma issiqlik sigʻimi barcha suyuq va qattiq moddalarnikidan katta (4,18 JGʻg); demak, 1 g suvni G isitish uchun boshqa moddalarni isitishga sarflanadigan issiqlikka nisbatan koʻproq issiqlik talab qilinadi. Bu suvning issiqlik sigʻimi anomaliyasi deb ataladi. Toza suvni ehtiyotkorlik bilan astasekin sovitib borilsa, u Sdan past trada ham (—33°ga qadar) muzlamasligi mumkin, Bunday „oʻta sovigan“ suv barqaror boʻlmaydi; uni silkitilsa yoki ichiga biror kristall tashlansa, daraxt muzlab qiladi. Shuningdek, toza suvni astasekin „oʻta isitish“ (Q27°ga qadar) ham mumkinligi aniqlangan. Oʻta isitilgan suv ham barqaror boʻlmaydi; bir oz chayqatilsa, bunday suv juda koʻp miqdorda bugʻ hosil qilib qaynaydi. Suv molekulasi 2 ta vodorod va I ta kislorod atomidan tarkib topib, bogʻlar orasidagi burchak 104,5°. Kislorod atomi atrofidagi elektronlarning nosimmetrik taqsimlanishi natijasida elektron buluti manfiy elektr zaryadining markazi kislorod atomining musbat zaryadi markaziga mos kelmaydi. Natijada suv molekulasidagi katta elektrik dipol momenti vujudga keladi. Bu esa suvning qutblanish xossasini namoyon qiladi.

Qutblangan suv molekulasi qutblangan moddalarni yaxshi, qutblanmagan moddalarni esa oz eritadi. Suvga boʻlgan moyilligiga qarab, funksional guruhlar: gidrofil (suvga tortiluvchi), suv bilan yaxshi solvatlanadigan, gidrofob (suvdan krchadigan) va difil tuzilishlarga ega boʻladi.

Suv — keng ishlatiladigan modda. Suv kislorod, vodorod, ishqor, nitrat kislota, spirt, aldegid, soʻndirilgan ohak va boshqa koʻpgina kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish.da ishtirok etadigan kimyoviy reagentdir. Suv bogʻlovchi materiallar uchun zarur komponent. Qaynatish, eritish, suyultirish, kristallash uchun texnologik komponent sifatida koʻpgina ishlab chiqarish. jarayonlarida ishlatiladi. Texnikada elektr va issiqlik eltuvchi, bugʻ mashinalarida ish jismi, bosim uzatuvchi sifatida qoʻllanadi.

Organizmdagi suv barcha oʻsimliklar, tirik organizmlar va mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi uchun zarur asosiy vosita, shuningdek, bir qancha kimyoviy fermentativ reaksiyalarning substrati hisoblanadi.

Fotosintez jarayonida suv karbonat angidrid bilan birgalikda organik moddalar hosil boʻlishida qatnashadi va shu bilan birga Yerda tirik organizmlar hosil boʻlishi vositasi hisoblanadi. Suv toʻqimalar faoliyatini, oziq moddalar va almashinuv mahsulotlari (qon, limfa, oʻsimliklar sharbati)ning singishini, fizik termoregulyasiyani va hayot faoliyatiga tegishli boshqa jarayonlarni taʼminlaydi. Organizmlarda juda koʻp miqdorda suv boʻladi. Odam tanasidagi barcha suyuklik va toʻqimalar tarkibida massasiga nisbatan 65 % chamasida suv boʻladi. Odam ochlikka bir oydan ortiqroq chidashi mumkin, lekin suv sizlikka bir necha kundan ortiq chiday olmaydi. Suvda organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan organik va anorganik moddalar eriydi.

Odamning suvga boʻlgan fiziologik ehtiyoji, iqlim sharoitiga qarab, sutkasiga 3—6 l ni tashkil etadi.

Sanitariya va xoʻjalik-roʻzgʻor ehtiyojlari uchun koʻp miqdorda suv talab qilinadi. Suv markazlashgan sistemadan yetarli miqdorda berilgan taqdirdagina yuvindi va chiqindilarni suv kanalizatsiyasi yordamida oqizib yuborish mumkin. Aholi yashaydigan joylarning sanitariya madaniyati suv bilan taʼminlanish darajasiga qarab belgilanadi (kishi.boshiga sutkasiga l hisobida). Aholining sogʻligʻi va sanitariya yashash sharoitlariga bevosita yoki bil vosita salbiy taʼsir etishi xavfining oldini olishda suvdagi kimyoviy moddalarning eng katta belgilangan miqdorda boʻlishi, ilmiy asoslangan gigiyena normativlari muhim ahamiyatga ega.

Aholi isteʼmol qiladigan suv epidemiologik jihatdan xavfsiz boʻlishi kerak. Suvda kasallik qoʻzgʻatadigan bakteriyalar va viruslar boʻlmasligi lozim.

right|300px|thumb|Suv uch: suyuq, qattiq (muz) va gaz (bugʻ) holatlarida.

Kimyoviy va fizik xususiyatlari left|thumb|Suv molekulalarining oʻrtasida hosil boʻladigan vodorod aloqalarining modeli (Burchak 1 = 104,45°)

Suv muammosi Maʼlumki, sayyoramizning 70 % suv bilan qoplangan, bu suvning katta qismi butunlay muzlab qolgan yoki isteʼmol uchun yaroqsizdir. Yerdagi chuchuk suvning deyarli uchdan ikki qismini Antarktida muzliklari tashkil etadi. Yerdagi koʻllar va daryolarda taxminan 85 ming kilometr kub suv oqadi, bu suvlarga u yoki bu jihatdan inson taʼsir koʻrsatadi. Ayrim bashoratlarga koʻra, 2025-yilga kelib 52 ta mamlakat aholisi chuchuk suv tanqisligi muammosiga duch keladilar. YUNESKO Bosh direktori Audr Azuli 2030-yilga kelib dunyoda global suv tanqisligi 40 foizni tashkil etishini maʼlum qilgan. Sayyoraning turli nuqtalarida daryolarni qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi koʻpgina tashkilotlar mavjud. Yerdagi eng azim daryolar va ularning ekologik holatini koʻrib chiqamiz.

Amazonka Amazonkaning maydonini AQSh hududi bilan solishtirish mumkin. Bu hudud turli xil ajoyib biologik turlarga boy. Bu yerda sayyoramizdagi tropik oʻrmonlarning yarmidan koʻpi (deyarli 60 %) oʻsadi hamda Janubiy va Shimoliy Amerika iqlim sharoitlari tartibga solib turishda muhim ahamiyatga ega. Amazonkaning uzunligi 6400 kilometr. Oʻzining joylashishiga koʻra, Amazonka uzoq vaqt davomida inson taʼsiridan himoyalangan edi, lekin endilikda vaziyat oʻzgarmoqda. Braziliya hukumati taxminan 60 ta damba qurishni rejalashtirmoqda. Shu kabi loyihalar erli aholi va milliy bogʻlarga salbiy taʼsir etishi mumkin. Missisipi Amerikaning eng katta daryosi Missisipi AQShning Minnesota shtatidan boshlanadi va 4 ming kilometrga oqib borib Meksika koʻrfaziga quyiladi. Inson taʼsiri tufayli u hozir yordamga muxtoj. Har yili Missisipi deltasining 30 kilometri yoʻqolib bormoqda: koʻpgina damba, shlyuz, bir necha kilometrlarga choʻzilgan toʻgʻonlar tufayli daryoga avvalgi qayirning 10 % kelib tushadi xalos. Missisipini himoya qilish va suv muammosini echishda har yili yangi loyihalar ishlab chiquvchi koʻplab tashkilotlar mavjud. Dunay Dunay daryosi Gʻarbiy Germaniyadan boshlanib 2800 kilometr masofani Avstriya, Mojariston, Xorvatiya, Serbiya, Ruminiya, Ukraina hududlari orqali oqib oʻtib Qora daryoga quyiladi. Daryo 19 ta mamlakat hududini kesib oʻtadi va shuning uchun dunyodagi eng „koʻp millatli“ daryo hisoblanadi. Dunay 150 yildan ortiq vaqt mobaynida insonlar tomonidan ishlatilib kelayotgan rang-barang ekologik va biologik tizimga ega. Bugungi kunda Dunayning 80 % botqoq erlari dambalar qurish, koʻmib yuborish tufayli yoʻqolib ketgan. Butun jahon yovvoyi tabiat federatsiyasi va shunga oʻxshash tashkilotlar mazkur hududlarni qayta tiklash va qoʻllab-quvvatlash ustida toʻxtovsiz ish olib bormoqdalar. Mekong Mekong daryosi Janubiy-Sharqiy Osiyoning ekologik tizimining muhim qismi hisoblanadi. U Xitoydan boshlanib 4900 kilometr masofani Birma, Laos, Tayland, Kambodja va Vyetnam hududi orqali bosib oʻtadi. Mekong baliq xoʻjaligi riojlanishini taʼminlaydi, dunyodagi bioxilma-xillik darajasi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi, 60 milliondan ortiq inson oziq-ovqat, suv va transport bilan taʼminlanadi. Mekong oʻzani boʻylab qurilgan xitoy dambalari ekotizimga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bunday dambalarning qurilishiga qarshi va daryoning ekologik tizimini saqlab qolishga „Mekongni saqlab qolish“ kabi tashkilotlar harakat qilmoqdalar. Yanszi