Xinux – Uzinfocom mutaxassislari tomonidan yaratilgan Linux yadrosi ustiga qurilgan ochiq kodli operatsion tizim. GPL 3.0 litsenziyasi asosida bepul tarqatiladi. Operatsion tizim Uzinfocom Open Source jamoasi va Xinux hamjamiyati tomonidan qoʻllab quvvatlanadi.

Tarixi Operatsion tizimni ishlab chiqish 2021-yilda boshlangan. 2022-yil avgust oyida Xinux operatsion tizimining beta versiyasi ommaga taqdim etilgan. 2023-yil Xinux ochiq hamjamiyatining aʼzolari soni 550 kishiga yetgan. Shu yilning fevral oyida .UZ domen zonasi uchun Xinux asosida yangi server ishga tushirilgan. 2025-yil 15-dekabr kuni Xinux 25.11 stabil versiyasi chiqarilgan. Joriy 26.06 (25.05-26.11) versiyasi GNOME ishchi muhitida va NixOS tizimi asosida yozilgan. 2025-yil mart oyi holatiga koʻra, Xinux hamjamiyati tomonidan mahalliylashtirish loyihasi natijasida GNOME 48.0 ishchi muhiti oʻzbek tiliga 6% tarjima qilingan.

Versiyalar

2022-yil 8-avgustda shaxsiy kompyuterlar uchun Xinux Home edition taqdim qilingan. 2023-yil yanvarda server kompyuterlari uchun Xinux Server edition taqdim qilingan. 2025-yil dekabrda Xinux 25.11 stabil va 26.05 nostabil versiyalari taqdim qilingan.

Galereya

Yana qarang

Operatsion tizim Linux NixOS Nix paket menejeri

Havolalar

Xinux hamjamiyati rasmiy sahifasi (Github)

Manbalar

Turkum:Linux distributivlari Turkum:Operatsion tizimlar