Mario Alberto Pineida Martínez (1992-yil 6-iyul – 2025-yil 17-dekabr) – ekvadorlik professional futbolchi, qanot himoyachisi sifatida oʻynagan, faoliyatining koʻp qismini Independiente DV va Barcelona SC klublarida oʻtkazgan. Mario Ekvador terma jamoasi safida toʻqqizta oʻyinda maydonga tushgan.
Futbolchilik faoliyati
Klub Pineida Independiente del Valle klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2010-yil 6-fevralda „Manta“ jamoasiga qarshi oʻyinda Ekvador A Seriyasida debyut qilgan. 2012-yilning 11-noyabrida „Emelec“ka qarshi oʻtkazilgan uchrashuvda Mario klub tarkibidagi ilk golini urgan. 2015-yilning 6-fevralida Libertadores kubogi doirasida Argentinaning „Estudiantes“ jamoasiga qarshi oʻyinda Pineida gol kiritgan.
2015-yilgi Ekvador chempionati yakunlangach, Pineida Guayakilning „Barselona“ klubiga oʻtgan.
Xalqaro faoliyati 2011-yilda Pineyda Ekvador yoshlar terma jamoasi tarkibida Peruda oʻtkazilgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida qatnashdi. Turnirda u Paragvay, Boliviya, Argentina, Urugvay, Kolumbiya, Chili va ikki marta Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi. Shu yili Mario yoshlar terma jamoasi bilan Kolumbiyada boʻlib oʻtgan jahon yoshlar chempionatiga bordi. Musobaqada u Avstraliya, Ispaniya, Kosta-Rika va Fransiya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etdi.
2014-yil 11-oktyabrda AQSH terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Pineyda Ekvador milliy jamoasi safida debyut qildi.
2015-yilning yozida Mario Chilida oʻtkazilgan Amerika kubogida ishtirok etdi . Turnirda u zaxirada qoldi va bir daqiqa ham oʻynamadi.
2021-yilning yozida u Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika kubogida qatnashdi. Guruh bosqichidagi Braziliyaga qarshi oʻyinda (1:1) u 6 daqiqa maydonda boʻldi.
Vafoti Pineida 2025-yil 17-dekabrda 33 yoshida Guayakil shahri koʻchasida, goʻsht doʻkoni yonida rafiqasi bilan birga otib oʻldirilgan. Pineyda 2025-yilda qatl etilgan kamida toʻrtinchi ekvadorlik futbolchi hisoblanadi.
Yutuqlari Barselona
Seriya A: 2016, 2020 El Nacional
Ekvador kubogi: 2024
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar
Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:CSD Independiente futbolchilari Turkum:Barcelona S.C. futbolchilari Turkum:Fluminense FC futbolchilari Turkum:C.D. El Nacional futbolchilari Turkum:Serie A (Ekvador) futbolchilari Turkum:Serie A (Braziliya) futbolchilari Turkum:Ekvadorlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Braziliyadagi ekvadorlik muhojir sportchilar Turkum:Braziliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ekvador milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Copa América 2015 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2021 oʻyinchilari Turkum:2025-yilda Ekvadorda qotilliklar Turkum:Ekvadorda oʻqotar quroldan oʻlimlar Turkum:Ekvadorlik qotillik qurbonlari Turkum:Oʻqotar quroldan vafot etganlar