Arfiya Eri – asli kelib chiqishi oʻzbek–uygʻur boʻlgan yapon siyosatchisi. Yaponiya liberal-demokratik partiyasidan saylangan Vakillar palatasi aʼzosi. Yaponiya Tashqi ishlar vazirining parlament boʻyicha oʻrinbosari.

Hayoti Arfiya 1988-yilning 16-oktyabr kuni Yaponiyaning Kitakyusyu shahrida tavallud topgan. Siyosatchining otasi uygʻur, onasi esa oʻzbek millatiga mansub. Otasining ish joyi oʻzgarishi sabab, 10 yoshida Shanxayga, 11 yoshida Guanchjouda istiqomat qilgan. U kezlarda Shanxay hamda Guanchjouning xalqaro maktablarida tahsil olgan. Oliy taʼlimni esa, Georgetown universityning Wales xalqaro aloqalar maktabida olgan.

Faoliyati Arfiya Eri oʻz faoliyatini Yaponiya Markaziy banki hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotida boshlagan. 2022-yilda Yaponiya Kengashlar palatalari saylovlarida Liberal-demokratik partiya nomzodi sifatida qatnashgan, biroq saylanmagan. 2023-yil aprel oyida esa Chiba prefekturasining 5-okrugida oʻtkazilgan qoʻshimcha saylovda Yaponiya Vakillar palatasiga saylangan. 2024-yilning noyabr oyida Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlament masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ish boshlagan.

Shaxsiy hayoti Siyosatchi kundalik hayotda yapon tilida soʻzlashsa-da, ingliz, oʻzbek, uygʻur, turk tillarida ravon soʻzlasha oladi. Shuningdek, arab tilidan ham boshlangʻich bilimga ega. Manbalar

Turkum:Yaponiya siyosati