Fotima Abdulmajid Hamid Gerashi (1987 yoki 1988-yilda tugʻilgan) – bahraynlik suzuvchi. Olimpiada oʻyinlarida Bahrayn nomidan ishtirok etgan ilk ayol sportchi.
Sportchi Sidneyda boʻlib oʻtgan 2000-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 50 metrga erkin uslubda suzish bahslarida mamlakati sharafini himoya qilgan. 12 yoshida Gerashi Olimpiada oʻyinlarida barcha turlar va barcha millatlar ichida eng yosh sportchi sifatida ishtirok etgan„Trio of try-hards splash their way into our hearts“ , The Times, September 22, 2000„Arab women make breakthrough at Games“, CNN, September 23, 2000. U belgilangan masofani 51,15 soniyada bosib oʻtgan„Swimming: Next to Paula Eric the Eel is electric“, Martin Johnson, The Telegraph, November 7, 2000. Vaqt koʻrsatkichi boʻyicha ekvatorial gvineyalik sportchi Paula Barila Bolopadan 12 soniyadan koʻproq oldinda boʻlsa-da, start bloklarida tebranib ketgan. Shu bois suvga 1-boʻlib sakramagan boʻlsa ham uning ishtiroki notoʻgri start deya baholanib, musobaqadan chetlashtirilgan.
The Times nashri uning „olimpiya ruhi“ hamda „mardonavor, texnik jihatdan puxta oʻtkazilgan poygasi“ni eʼtirof etgan. The Guardian gazetasi ham xuddi shunday tarzda uning ishtirokini „Olimpiya oʻyinlarining haqiqiy ruhiga mos“ deya baholagan„Debut girl falls foul of gulf in international standards“, The Guardian, September 23, 2000. The Daily Telegraph nashri sportchini „ishtirokchilarning kiyimlarini yechishi diniy va madaniy jihatdan muammolar tugʻdiradigan sport turida arab musulmon ayollari uchun kashshof“ deb taʼrif bergan„Children of the pool fast-tracked into the big time“, The Telegraph, July 11, 2000. Uning ishtiroki Bahrayn hukumatining sportda tenglikni targʻib qilish yoʻlidagi rasmiy saʼy-harakatlarining bir qismi sifatida qayd etilgan. Gerashi yuguruvchi Mariam Muhammad Hadi al Hilli bilan birga Bahrayn nomidan Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan ilk ayol sportchilardan biri edi, bungacha 1984-yilda 2 nafar ayol Paralimpiya oʻyinlarida yengil atletika boʻyicha Bahrayn sharafini himoya qilgan ediBahrain at the Paralympics, International Paralympic Committee.
Fotima Gerashi Sidney Olimpiadasi vaqtida eng yosh ishtirokchi boʻlgan.
Yana qarang 2000-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Bahrayn
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Bahraynlik ayol suzuvchilar Turkum:Eron naslidan boʻlgan bahraynliklar Turkum:Tugʻilgan yili noma’lum (tirik odamlar)