Sulaymon ogʻa as-Silohdar masjid-sevili, shuningdek, Sulaymon ogʻa as-Silohdar masjid-sevil-maktabxonasi () nomi bilan ham mashhur islomiy diniy majmua, masjid, sevil va maktabxonani oʻz ichiga oladi. Misrning Islomiy Qohira hududi, mashhur al-Muʼizz koʻchasining boshlanish qismidagi Burjuvan xiyoboni yonida joylashgan. Milodiy 1839-yilda Misr hukmdori Muhammad Ali hukmronligi davrida bunyod etilgan.

Meʼmorchiligi

Masjid toʻrtburchak shaklda boʻlib, ikki qismga boʻlingan. Gʻarbiy qismda masjidning asosiy namozxonasi va sahn joylashgan. Sahn toʻrt tomondan kichik gumbazlar bilan yopilgan, marmar ustunlarga tayangan ayvonlar bilan oʻralgan. Har bir gumbaz rang-barang moyli boʻyoqlar, oʻsimlik shaklidagi hamda geometrik naqshlar va Qurʼon oyatlari bilan bezatilgan. Sahnning tepa qismi yogʻoch tom bilan yopilgan boʻlib, uning markazida shamollatish, yorugʻlik tushishi va masjidni yomgʻirdan himoya uchun ochiq joy mavjud.

Masjid 2015-yilda Sulaymon ogʻa as-Silohdarning nabirasi tomonidan taʼmirlangan.

Sevil maktabxona bilan tutash holda joylashgan. Inshoot Usmoniylar meʼmorchiligi barokko uslubida bezatilgan boʻlib, Ismoil posho seviliga juda oʻxshaydi.

Ichki qismi Masjidning ichki qismi ikki boʻlimga boʻlingan boʻlib, toʻrtburchak shaklda qurilgan. Masjid Usmoniylar meʼmorchiligining yorqin namunasi hisoblanadi, shuningdek, Muhammad Ali davri meʼmoriy uslubining asosiy xususiyatlarini ham oʻzida aks ettiradi. Tashqi qismi gullar bilan bezatilgan, Yevropa Uygʻonish davri meʼmorchiligini eslatadi, ichki qismi esa granit konstruksiyalar va rang-barang moyli boʻyoqlar bilan bezatilgan. Sevilning tashqi fasadi oq marmardan yasalgan, Usmoniylar meʼmorchiligi uslubni aks ettiruchi turk xattotligi namunalari bilan bezatilgan. Sevilning marmardan ishlanishi esa suvni salqin saqlash uchun xizmat qilgan.

Masjidning kirish eshigi tepasida aylana shaklda kichik balkon bor. Gumbazning ichki qismi turli gul naqshlari va Qur’on oyatlari bilan bezatilgan.

Tashqi qismi Masjidning tashqi qismi sevil bilan ajralib turadi. Sevil yoʻlovchilarga bepul suv berish uchun qurilgan xayriya inshooti hisoblanadi. U aholi koʻp oʻtadigan koʻchalarda qurilgan, bundan maqsad sevildan koʻproq odam foydalanishi boʻlgan. Sevilga kirish eshigi masjid eshigidan alohida boʻlgan.

Masjidning tashqi qismidagi minora baland, ingichka, silindrsimon, choʻqqisi uzaytirilgan konus shaklida boʻlib, madrasa va masjid oʻrtasida joylashgan. Minorada bitta balkon mavjud va uzunasiga oʻyma naqshlar bilan bezatilgan.

Yama qarang Misrdagi masjidlar roʻyxati Qohiradagi masjidlar roʻyxati Misrda islom

Manbalar

Havolalar

Turkum:19-asr Misrdagi masjidlari Turkum:Misrdagi gumbazli masjidlar Turkum:Misrdagi minorali masjidlar Turkum:1830-yillarda qurilgan masjidlar Turkum:Qohiradagi masjidlar Turkum:Al-Muʼizz ko‘chasi Turkum:1839-yilda qurib bitkazilgan diniy binolar va inshootlar Turkum:Misrdagi Usmoniylar masjidlari