Mirabbos Abdulhaqovich Mirzaahmedov (30-sentyabr 1941-yil, Toshkent – 19-noyabr 2025-yil, Oʻzbekiston)– „Otalar soʻzi – aqlning koʻzi“ koʻrsatuvi boshlovchisi, rejissiyor. Oʻzbekiston televideniyesi faxriysi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Doʻstlik va Mehnat shuhrati ordenlari sohibi.
Biografiyasi Mirabbos Mirzaahmedov 1941-yil 30-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent teatr va rassomlik institutida tahsil olgan. 1965-yilda teleradio sohasidagi ijodiy faoliyatini boshlagan. Mirzaahmedov „Otalar soʻzi – aqlning koʻzi“ koʻrsatuvi boshlovchisi. Rejissyorning „Yuzsiz kelin“, „Kim aybdor“ va „Bahor qaytmaydi“ filmlari keng tomoshabin ommasi tomonidan ijobiy qabul qilingan asarlar sirasiga kiradi. Shuningdek, „Arosat“ badiiy filmida epizodik rol ijro etgan.
Mirabbos Mirzaahmedov 2025-yil 19-noyabr kuni vafot etgan. Uning vafoti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamdardlik bildirdi.
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Mehnat shuhrati ordeni Doʻstlik ordeni Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonlik rejissyorlar