Sanobar Sodiqova — teatr va dublyaj aktrisasi.
Hayoti Sanobar Sodiqova 1969-yil 12-aprelda Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. 1984-1988-yillarda Yunus Rajabiy musiqa pedagogika bilim yurtida, 1990–1994-yillarda Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati institutining qoʻgʻirchoq teatri aktyorligi fakultetida tahsil olgan.
Ijodi Aktrisa faoliyatini dastlab „Yosh tomoshabinlar teatri“dan boshlagan. 1995-yilda Oʻzbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining „Oqshom ertaklari“ koʻrsatuvida boshlovchi sifatida ishlaydi. 1997-yildan esa Oʻzbekiston MTRKda boshlovchi va muharrir sifatida faoliyat yuritadi. 2012-yilga qadar televideniyada „Oqshom ertaklari“, „Maktublar va kabutarlar“ dasturlarini olib borgan.
Dublyajdagi faoliyati Sanobar Sodiqova 2001-yilda „Sohibjamol va Maxluq“ (Sohibjamol obrazi) multfilmidagi debyut ishi bilan dublyaj sohasiga qadam qoʻygan. Aktrisa bugunga qadar „Tutash taqdirlar“ (Nargiza), „Opa-singillar“ (Feruza Saidovaga), „Feride“ (Feride), „Elparvar“ (Feruza Yusupovaga), „Telba“ (Shirin), „Vir va Zara“ (Shabu), „Hovli“ (Denis, Dudu), „Sevgi iztirobi“ (Zaynab, Vildan, Leyla), „Gʻaroyib doktor“ (Nazli), „Zolim Istanbul“ (Sheniz, Jeren, Oyba), „Beqaror“ (Gul, Zehra, Yaren), „Qora niyat“ (Zeyneb) kabi milliy va xorijiy badiiy filmlar hamda teleseriallarga ovoz bergan.
Kinodagi faoliyati Sanobar Sodiqova „Goʻzallik siri“ (2006), „Zumrad va Qimmat“ (2007), „Oʻzga sayyoralik er“ (2012), „Kuch birlikda“ (2013-2014), „Orzular fasli“ (2016) kabi filmlarda rol ijro etgan.
Havolalar
Turkum:Oʻzbekiston kishilari Turkum:1969-yilda tugʻilganlar Turkum:12-aprelda tugʻilganlar