Rustam Mariani, shuningdek Rüstem Mariani posho, Rüstem posho, Rostem posho nomlari bilan ham tanilgan (1810–1895) – Usmoniylar diplomati, hamda Livan togʻi mutasarrifligining uchinchi hokimi (mutasarrifi) boʻlgan.

Yoshlik davri Rustam 1810-yilda Florensiya yoki Istanbulda tugʻilgan va italiyalik lotin katolik Chimelli di Marini oilasidan boʻlgan. Uning otasi zodagon nasldan boʻlgani va Usmoniylar sulolasi bilan qarindoshlik aloqalari mavjud boʻlgani taxmin qilinadi. Rustam yaxshi taʼlim olgan, biroq otasi yoshligida vafot etgan va shu sababdan oila oʻzining boyligini yoʻqotgan.

Faoliyati

Diplomatik faoliyati Rustam Mariani oʻzining diplomatik faoliyatini 1848-yilda Mehmed Fuad poshoga yordamchi va kotib sifatida boshlagan. Bu maxsus missiya Moldaviya va Vallaxiyani, yaʼni hozirgi Ruminiya hududidagi Dunoy knyazliklarini tartibga solishga qaratilgan boʻlib, oʻsha paytda bu yerlar rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan edi. 1854-yilda Rustam yana Fuad posho bilan birga Epiros va Fessaliyada tinchlikni tiklash boʻyicha topshiriq olgan, shundan soʻng tashqi ishlar idorasida bosh kotib lavozimiga tayinlangan. 1856-yildan boshlab u 14 yil davomida Italiyada Victor Emmanuel saroyida, Turin, Florensiya va Rimda Usmoniylar imperiyasi vakili sifatida xizmat qilgan, shuningdek, Rossiya imperiyasining Sankt-Peterburg shahrida, keyinchalik Buyuk Britaniyaning London shahrida elchi boʻlib ishlagan.

Hokimlik faoliyati 1873-yilda Rustamga vazir unvoni berilib, imperator farmoni bilan Livan togʻi hokimi etib tayinlangan. U bu lavozimda 10 yil xizmat qilgan va musulmon druzlar hamda maronitlar oʻrtasidagi irqiy va dini ziddiyatlarni kamaytirishga erishgan.

Soʻnggi yillari va vafoti 1885-yilda 75 yoshida Rustam Mariani Musurus poshoning oʻrniga Londondagi elchi lavozimini egalladi. U 1895-yil 19–20-noyabr kechasi Bryanston maydonidagi Turkiya elchixonasida vafot etdi. Uning dafn marosimi rim-katolik marosimlari asosida Manchester Squaredagi Avliyo James cherkovida kardinal Herbert Alfred Vaughan tomonidan oʻtkazilgan, va u Avliyo Mary katolik qabristonida dafn etilgan. Uning qabri hozir ham saqlanib qolgan, raqami 2763(https://stmaryskensalgreen.co.uk/wp-content/uploads/2021/02/St-Marys-Cemetery-Persons-of-note-5.pdf}} ) .

Shaxsiy hayoti Rustam umri davomida hech qachon uylanmagan.

Manbalar

Turkum:1810-yilda tugʻilganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi davlat xizmatchilari Turkum:1885-yilda vafot etganlar