Paloma Kai Shockley Elsesser (1992-yil 12-aprelda tugʻilgan) – amerikalik model. 2023-yilda „Yil modeli“ nominatsiyasi boʻyicha „Fashion Awards“ mukofotini qoʻlga kiritgan ilk „plus-size“ (yirik oʻlchamdagi) model. 2024-yil oxirida Victoriaʼs Secret moda koʻrgazmasida ham chiqish qilgan.
Yoshlik davri Paloma Elsesser 1992-yil 12-aprelda Angliyaning London shahrida dunyoga kelgan. Onasi afro-amerikalik, otasining ajdodlari esa Chili va shveysariyaliklar boʻlgan. Model Kaliforniya shtatining Los-Anjeles shahrida voyaga yetgan va 2010-yilda psixologiya va adabiyotni oʻrganish uchun Nyu-York shtati Nyu-York shahriga koʻchib oʻtgan. Elsesserning bir opasi va bir singlisi bor, opasi Kanyessa McMahon rejissyor va prodyuser, singlisi Ama aktrisa va model boʻlib, IMG agentligi bilan shartnoma imzolagan, akasi Sage Elsesser aka Navy Blue esa reper va professional skeytbordchi.
Karyerasi Paloma Elsesser model sifatida Instagram tarmogʻida vizajist Pat McGrath tomonidan kashf etgan.
Model Nike, Inc., Fenty Beauty, Victoriaʼs Secret, Proenza Schouler va Mercedes-Benz brendlari bilan hamkorlik qilgan. Shuningdek, u American Vogue, Vogue España, Teen Vogue, Elle, W, Wonderland Magazine va Glamour kabi mashhur moda jurnallarining tahririy sahifalarida ham koʻrinish bergan.
2018-yilda Elsesser British Vogue jurnalining aprel soni muqovasida Fran Summers, Radhika Nair, Adut Akech, Faretta, Selena Forrest, Halima Aden, Vittoriya Ceretti va Yun Yon Bae bilan birga suratga tushgan. 2019-yilda u aka-uka Safdielarning „Uncut Gems“ nomli filmida oʻzining ilk aktyorlik debyutini amalga oshirgan.
Elsesserning surati 2021-yil yanvar oyida American Vogue jurnali muqovasida, 2025-yilning aprel oyida esa Vogue Adria jurnali muqovasida paydo boʻlgan.
Mukofotlari Yil Uyushma Turkum Nomzod qilingan ishlar Natija Ref. 2023-yil Moda mukofotlari Yil modeli oʻzi gʻolib boʻlgan
Filmografiyasi +Musiqiy videolar Yil Nomi Rassom Rol Eslatma 2025 Georgeous Doja Cat oʻzi
Manbalar
Havolalar
Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Nyu-York shahridan boʻlgan modellar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:21-asr afro-amerikan ayollari Turkum:21-asr afro-amerikan kishilar Turkum:Afro-amerikan ayol modellar Turkum:Los-Anjeleslik ayol modellar