Gʻoliya Qabbaniy – suriyalik yozuvchi va jurnalist. U Quvaytda oʻsib ulgʻaygan, ammo 1990-yilda Iroqning Quvaytga bostirib kirishidan keyin uni tark etishga majbur boʻlgan.

Gʻoliya Qabbaniy universitetda huquqshunoslik boʻyicha oʻqigan va 1979-yilda kursni tamomlagan. Oʻshandan beri u jurnalist sifatida ishlaydi, jumladan al-Vatan (Quvayt) va al-Hayat (London) gazetalarida faoliyat yuritgan. U 1994-yilda Birlashgan Qirollikka koʻchib oʻtgan.

Gʻoliya Qabbaniyning kitoblariga bir qancha qisqa hikoyalar toʻplamlari va romanlar kiradi. Uning debyut romani Yoz oynasi 1998-yilda, keyin ikkinchi romani Sirlar va yolgʻonlar nashr etilgan.

U birinchi Arab Booker mukofoti hakamlar hayʼati aʼzosi boʻlgan.

Hozirda u Londonda yashaydi.

Manbalar