Mona Tougaard (2002-yil 3-aprelda tugʻilgan) – daniyalik model. Oʻzining podiumdagi ilk chiqishini 2019-yilda Prada moda koʻrgazmasida amalga oshirgan. 2024-yilda boʻlib oʻtgan Fashion Awards mukofotining „Yil modeli“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan. 2025-yil may oyida esa Models.com sayti uni „New Supers“ () roʻyxatiga kiritgan.
Yoshlik yillari Tougaard Daniyaning Orxus shahrida tugʻilgan. Otasining millati yarim turk, yarim dan, onasi esa somali-efiopiyalik boʻlgan. Onasining oldingi nikohidan ikkita akasi bor. 9 yoshida onasidan ayrilgan. Tougaard 12 yoshida model agentlari tomonidan kashf etilgan, 15 yoshida Elite Model Look Denmark tanlovida ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Tougard, shuningdek, ushbu tanlovning jahon miqyosidagi final bosqichiga ham chiqqan.
Karyerasi Tougaard 12 yoshida Daniyaning Orxus shahrida model agentlari tomonidan kashf etilgan va oradan 3 yil oʻtib, yaʼni 15 yoshida Elite Model Look Denmark tanlovida gʻolib chiqqan.
Tougaard 2019-yilda Prada brendi uchun eksklyuziv model sifatida podiumda debyut chiqishini amalga oshirgan. Keyingi ikki mavsum davomida model Loewe va Fendi namoyishlarini ochib bergan, shuningdek, Chanel, Louis Vuitton, Stella McCartney, Valentino, Miu Miu, Versace, Burberry, Dior, Victoria Beckham, Max Mara, Lanvin (bu shouni yopib bergan), Salvatore Ferragamo, Alberta Ferretti, Givenchy, Dries Van Noten, Paco Rabanne, Chloé va Saint Laurent kabi 40 ta podium koʻrgazmasida ishtirok etgan. Keyinchalik u Prada va Miu Miu brendining 2019-yilgi kuz-qish koʻrgazmalarida ham qatnashgan[ iqtibos kerak ].
Tougaard Prada, Louis Vuitton, Loewe, Chanel, Max Mara, Chloé va Ports 1961 brendlari uchun reklama koʻrgazmalarida ishtirok etgan. i-D jurnalining Post Truth Truth soni muqovasida amerikalik model Adesuwa Aighewi bilan birga uning tasviri paydo boʻlgan.
2019-yilgi kuz-qish mavsumida models.com sayti uni „top newcomer“ (eng yaxshi yangi model) deb atagan, Vogue jurnali esa uning „Parij modalar haftaligida deyarli barcha muhim shoularni zabt etganini“ qayd etgan. Model, shuningdek, models.comning „Model of the Year“ mukofoti doirasida „Breakout Star“ (yangi yulduz) sifatida tan olingan. Hozirda Tougaard models.com saytining „Top 50“ modellari roʻyxatida joy olgan.
Mona Tougaardning tasviri British Vogue jurnalining 2021-yil aprel soni muqovasida, shuningdek, Italian Vogueʼning 2021-yil avgust soni muqovasidan oʻrin olgan. 2022-yil avgustida model somali-amerikalik model Ugbad Abdi bilan birga Vogue France muqovasidan joy olgan.
2023-yilda Tougaard British Vogue va French Vogue muqovalarida koʻrinish berdi. 2023-yil kuz-qish (F/W) mavsumida u 39 ta podium namoyishida, bir nechta reklama koʻrgazmalarida ishtirok etdi. Shuningdek, 2024-yil bahor-yoz (S/S) mavsumida 22 marta podiumda turli brendlar koʻrgazmalarini namoyish qildi.
Manbalar
Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Orxuslik kishilar Turkum:Daniyalik ayol modellar