thumb|203x203px|Hüseyin Avni poshoning qotili Çerkess Hasan Hüseyin Avni posho (; 1820-yilda tugʻilgan – 1876-yil 15-iyunda vafot etgan) – Usmoniylar general-gubernatori va davlat arbobi. 1874-yilning 15-fevralidan 1875-yilning 26-apreligacha Usmoniylar imperiyasining sadr vaziri boʻlib xizmat qilgan. 1876-yil 15-iyun kuni Istanbulning Fotih tumanidagi Beyazıt maydoni yaqinida joylashgan Midxat posho qarorgohida Sulton Murod V huzurida kechgan vazirlar yigʻilishi paytida Çerkez Hasan tomonidan oʻldirilgan. Çerkez Hasan Nesrin Kadın afandining ukasi boʻlib, Nesrin Kadin Hüseyin Avni poshoni Sulton Abdulazizning oʻlimiga sababchi deya ayblagan. Hujum vaqtida Tashqi ishlar vaziri Mehmed Rashid posho ham oʻldirilgan.

Yana qarang Usmoniylar imperiyasi bosh vazirlari

Manbalar

Turkum:1876-yilda vafot etganlar Turkum:1820-yilda tugʻilganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi bosh vazirlari Turkum:1876-yilda oʻldirilganlar