right|thumb|333x333px|Izzat Mehmet posho masjidi Safranbolulu Izzet Mehmet posho (1743-yil – 1812-yil 18-sentyabr) – Usmoniylar imperiyasi bosh vaziri, 1794-yildan 1798-yilgacha xizmat qilgan.
Izzet Mehmet posho Safranbolu shahrida (hozirgi Turkiyaning Karabuk viloyati) tugʻilgan. Kapudan posho (buyuk qoʻmondon) Hoji Benli Mustafo posho uning amakisi boʻlgan. Izzet Mehmed posho 1759/1760-yillarda amakisi bilan ishlash uchun Istanbulga kelgan. 1778-yilda esa Halil Hamid poshoning qiziga uylangan.
Izzet Mehmet posho Usmoniylarning Jidda (1787–1790), Morea (1790–1791), va Misr viloyati (1791-yil may – 1794-yil sentyabr) hokimi boʻlib xizmat qilgan.
1794-yil 19-oktyabrda Izzet Mehmet posho Sulton Salim III tomonidan sadr vazir etib tayinlangan. 1798-yil 30-avgustda ishdan boʻshatilgan va Chiosga (hozirgi Gretsiya oroli), soʻngra Manisaga surgun qilingan. Izzet Mehmet posho 1812-yil 19-sentyabrda Manisada vafot etganTualimforum page .
Meros Izzet Mehmet oʻzining tugʻilgan shahri Safranboluda 1797-yilda qoʻriqlash minorasini, 1798-yilda masjid qurdirgan.
Yana qarang Usmoniylar imperiyasi Buyuk vazirlarining roʻyxati
Manbalar
Turkum:1812-yilda vafot etganlar Turkum:1743-yilda tugʻilganlar Turkum:Misrning Usmoniy hokimlari Turkum:Posholar Turkum:Usmoniylar imperiyasidan boʻlgan turklar Turkum:18-asr Usmoniylar imperiyasi bosh vazirlari Turkum:18-asr Misrning Usmoniy hokimlari