Semiz Ahmed Posho (1492 – 1580-yil 27-aprel) – Usmoniylar davlat arbobi, 1579-yil 13-oktyabrdan 1580-yil 27-aprel kuni vafotiga qadar Usmoniylar imperiyasining bosh vaziri lavozimida xizmat qilgan.
Hayoti Semiz Ahmed poshoning yoshlik davri haqida koʻp maʼlumotlar saqlanmagan. U 1492-yilda tugʻilgan, kelib chiqishi albanlardan boʻlgani aytiladi.
Ahmed posho 1579-yil 13-oktyabrda Sokollu Mehmed poshoning oʻrniga Usmoniylar imperiyasining bosh vaziri etib tayinlangan.
Nikohi va farzandlari 1557-yil 27-noyabrda Semiz Ahmed posho Usmoniylar bosh vaziri Rustam posho va Mihrimah sultonning qizi Ayshe Humashah Sultonga uylangan. Mihrimah sulton esa Sulton Sulaymon I va Hurram sultonning yagona qizi edi.
Ularning besh oʻgʻil va besh qizi boʻlgan.
Oʻgʻillari
Sultonzoda Mahmud posho (1602-yilda vafot etgan, Mihrimah Sulton masjidida dafn etilgan) – Kastamonu va Naxchivan, shuningek, Şebinkarahisar sanjakbegi. Sultonzoda Mehmed Bey (1593-yilda vafot etgan) – Gersegovina sanjakbegi. Sultonzoda Shahid Mustafo posho (1593-yilda vafot etgan) – Klis sanjakbegi. Sultonzoda Usmon Bey (1590/1591-yilda vafot etgan, Mihrimah Sulton masjidida dafn etilgan) – Şebinkarahisar sanjakbegi. Sultonzoda Abdurrahmon Bey (1596/1597-yilda vafot etgan, Mihrimah Sulton masjidida dafn etilgan) – singlisi Soliha va Cigalazoda Yusuf Sinan poshoning qizi, jiyani Ayşe Hanimga uylangan, Semiz Mehmed Posho ismli oʻgʻil koʻrgan.
Qizlari
Soliha Hanimsulton (1561–1580) – 1576-yil oktabr oyida Cığalazade Yusuf Sinan poshoga turmushga chiqqan, ularning toʻyiga Mihrimah Sulton 70 ming oltin sarflagan. Mahmud Posho ismli oʻgʻli (1612-yilda Sulton Mehmed III ning qizi Hatice Sultonga uylangan) va qizi Oysha Xonim (amakisi Sultonzoda Abdurahmon Beyga turmushga chiqqan va Semiz Mehmed posho ismli oʻgʻil koʻrgan) bor edi. Safiye Hanimsulton – singlisi 1580-yilda vafot etganidan keyin 1581-yil mart oyida Yusuf Sinan poshoga turmushga chiqqan. Ularning Mehmed Bey va Hüseyin ismli ikki oʻgʻli va bir qizi bor edi. Hatice Hanimsulton – 1584-yil dekabrda Kapıcıboshi Mahmud beyga turmushga chiqqan. Mahmud dastlab Nurbanu Sultonning nabirasi Oysha Sultonga uylanishi kerak edi, lekin 1583-yilda Nurbanu Sultonning vafotidan soʻng Safiya Sulton Mahmudni Haticega uylantirgan. Ayşe Hanimsulton. Fatma Hanimsulton – 1596-yil mart oyida Yamanli Hasan poshoga turmushga chiqqan, ikki oʻgʻli va bir qizi boʻlgan.
Oʻlimi Semiz Ahmed posho 1580-yil 27-aprelda vafot etgan va Edirnekapidagi Mihrimah sulton masjidiga dafn qilingan.
Manbalar
Turkum:Usmonlilar imperiyasi Buyuk vazirlari Turkum:1580-yilda vafot etganlar Turkum:1492-yilda tugʻilganlar Turkum:Posholar