Pedro Fernández Sarmiento (2008-yil 12-yanvarda tugʻilgan), Dro nomi bilan tanilgan, ispaniyalik professional futbolchi boʻlib, hujumkor yarimhimoyachi yoki chap qanot vingeri sifatida Barcelona Atlètic tarkibida toʻp suradi.
Klublardagi faoliyati
Yoshlar jamoasi Dro 2024-yilda Barcelona akademiyasiga qoʻshildi. 2024/25-yilgi mavsumda u Juvenil B va Juvenil A jamoalarida, shuningdek UEFA Yoshlar ligasida oʻynadi. Umumiy hisobda 38 ta oʻyinda maydonga tushdi: Juvenil B safida 19 ta oʻyin (7 ta gol), Juvenil A tarkibida 12 ta oʻyin (3 ta gol) hamda UEFA Yoshlar ligasi doirasida 7 ta oʻyin (2 ta gol).
FC Barcelonadagi debyuti Dro Barcelona futbol akademiyasi — La Masia bitiruvchisi hisoblanadi. 2025-yil iyul oyida u bosh murabbiy Hansi Flick qoʻl ostida Barcelonaning mavsumoldi tayyorgarligi doirasida Yaponiya va Janubiy Koreyaga uyushtirilgan safari uchun asosiy jamoa tarkibiga kiritildi.
Dro 2025-yil 27-iyul kuni Vissel Kobega qarshi oʻtkazilgan mavsumoldi oʻrtoqlik uchrashuvida Barcelona safida oʻzining „norasmiy“ debyutini oʻtkazdi. U 78-daqiqada Marcus Rashford oʻrniga maydonga tushdi va 87-daqiqada gol urib, jamoasining 3:1 hisobidagi gʻalabasini mustahkamladi.
Shaxsiy hayoti Dro Ispaniyada tugʻilgan boʻlsa-da, onasi Filippin ildizlari ega. U Ispaniya yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qiladi va 2025-yil mart oyida UEFA 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash uchrashuvlariga Ispaniya U17 jamoasiga chaqirilgan.
Manbalar
Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:FC Barcelona Atlètic oʻyinchilari Turkum:Segunda Federación futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar