Britaniyaning Shamolsiz orollari () — 1833-yildan 1958-yilgacha mavjud bo‘lgan sobiq Buyuk Britaniya koloniyasi. Ushbu tuzilma tarkibiga Angilya, Antigua, Barbuda, Virgin orollari, Dominika (1940-yilgacha), Montserrat, Nevis va Sent-Kitts orollari kirgan.
Tarixi Avvalgi Shamolsiz orollar koloniyasi 1671-yildan mavjud bo‘lgan, biroq 1816-yilda ikki qismga bo‘lindi (Antigua, Barbuda va Montserrat bir koloniyaga, Sent-Kristofer, Nevis, Angilya va Virgin orollari esa boshqa koloniyaga kiritilgan).
Koloniya 1833-yilda tashkil etilgan, 1871-yilda esa Shamolsiz orollarga federatsiya maqomi berilgan. 1940-yilda Dominika koloniya tarkibidan chiqdi. 1958-yilda Britaniyaning Shamolsiz orollari Gʻarbiy Hindiston Federatsiyasi tarkibiga kirdi. 1960-yilda Shamolsiz orollarning gubernatori lavozimi tugatilib, Britaniyaning Virgin orollariga alohida tojli koloniyasi maqomi berilishi bilan Britaniya Shamolsiz orollari butunlay o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
Yana qarang Shamolsiz orollar Manbalar
Havolalar Britaniyaning Shamolsiz orollari
Turkum:Amerika tarixidagi davlatlar