Anok Yai (1997-yil 20-dekabrda tugʻilgan) – model. Naomi Campbelldan keyin Prada modalar namoyishini ochib bergan ikkinchi qora tanli supermodel. Bir necha bor i-D va xalqaro Vogue jurnallarining muqovalarida, shuningdek, 3 marta Amerikaning Vogue jurnali muqovasida uning tasviri oʻrin olgan. Models.com uni ushbu avlodning „Yangi supermodellaridan biri“ sifatida baholaydi. 2023-yilda sanoat vakillari hamda muxlislar tomonidan „Yil modeli“ deb tan olingan.

Yoshlik yillari Yai Misrning Qohira shahrida nasroniy oilada tugʻilgan. Uning oilasi Sudan genotsididan qochib, Qohiraga kelgan. 3 yoshida oilasi bilan AQShning Manchester shtatining New Hampshire shahriga koʻchib oʻtgan. Onasi hamshira, otasi Easterseals tashkilotida ishlaydi. Singlisi Alim esa uning menejeri va moliyaviy maslahatchisi hisoblanadi. Yai Manchester High School West maktabini tamomlagan va shifokor boʻlish niyatida biokimyo yoʻnalishida tahsil olish uchun Plymouth davlat universitetiga oʻqishga kirgan.

Karyerasi

Boshlangʻich davr Yai 2017-yil oktyabr oyida Howard universitetining anʼanaviy bitiruvchilar haftaligida professional fotograf Steve „theSUNK“ Hall tomonidan kashf etilgan. U Yaidan uni suratga olishga ruxsat soʻragan. Hall ushbu suratni Instagramga joylashtirgan va surat 20 mingdan ortiq layk toʻplagan. Shundan soʻng IMG Models hamda boshqa model agentliklari Yai bilan bogʻlanishga qiziqish bildirgan. Oxir-oqibat, Yai bir necha hafta davomida har kuni qoʻngʻiroq qilgan Next Model Management agentligi bilan shartnoma imzolashni tanlagan. Atigi 4 oy ichida Yai Prada moda koʻrgazmasini ochib bergan ilk sudanlik modelga aylangan. Bu modellik faoliyatidagi eng yuqori yutuqlardan biri hisoblanadi, chunki brend koʻplab mashhur modellar faoliyatini boshlab bergan. Shuningdek, model Pradaning 2018-yilgi bahor–yoz koʻrgazmasida hamda Givenchy dizayneri Riccardo Tisci tomonidan yaratilgan Nike koʻrgazmasida ham ishtirok etgan.

Model Vogue jurnaliga bergan intervyusida shunday degan:

Yai Versace, Max Mara, Fendi, Burberry va Louis Vuitton kabi brendlar podiumlarida chiqish qilgan. Shuningdek, u Tiffany & Co., Nike, Hood by Air va Ambush reklama kampaniyalarida ham ishtirok etgan.

Yai Vogue (jumladan, bir nechta xalqaro nashrlari), W magazine, CR Fashion Book, AnOther, Dust, Purple, Harper’s Bazaar, i-D, Self Service, V Magazine, Elle, Garage, Document Journal, Dazed va Pop jurnallari muqovalarida va tahririy maqolalarida ham koʻrinish bergan.

2018-yilda Yai Nike, Riccardo Tisci va Minotaurs hamkorligidagi bahor–yoz reklama kampaniyasida ishtirok etdi. 2018-yil iyul oyida u Estée Lauder brendining reklama yuziga aylandi. 2018-yil dekabrida Alexander Wangning „Collection 1“ Drop 2 koʻrgazmasida qatnashdi. Shu yili model Dazed, i-D, Purple Fashion va Dust jurnallarining muqovalarida ham koʻrinish berdi.

2019-yilda Yai Adut Akech va Alton Mason bilan birga Chanel–Pharrell toʻplamiga bagʻishlangan qisqa metrajli filmda ishtirok etdi. Shuningdek, AnOther, CR Fashion Book, PRINT, W hamda Vogue jurnallarining (Koreya, Italiya, Braziliya va Yaponiya nashrlari ham) muqovalaridan uning tasviri oʻrin oldi.

2020-yilda Yai Versace Resortning „Flash 2021“ kampaniyasida model sifatida qatnashdi. U Alexander McQueenning 2020-yilgi kuz–qish kolleksiyasi koʻrgazmasida ham ham ishtirok etdi, suratga olish ishlari Jamie Hawkesworth tomonidan amalga oshirildi. Yai yana bir bor Vogue jurnali muqovalarida (Yaponiya, Germaniya, Niderlandiya va AQSh nashrlari) paydo boʻldi.

Supermodel maqomi 2022-yilda Yai Steven Maisel tomonidan suratga olingan Max Mara va Alexander McQueenning ikkita bahor–yoz kolleksiyasi koʻrgazmasida ishtirok etdi. Shuningdek, Loro Piana brendining Mario Sorrenti tomonidan suratga olingan fotosessiyasida ham model sifatida qatashdi. Keyinchalik Yai Maisel bilan yana hamkorlikni davom ettirib, sentyabr oyida Tiffany & Co. Rose Gold Eau de Parfum koʻrgazmasida ishtirok etdi. 2022-yil fevral oyida Yai qora tanli modellardan iborat tarkib bilan birga British Vogue jurnalining muqovasidan oʻrin oldi. 2022-yil sentyabrida W jurnalining 50 yilligi munosabati bilan chop etilgan nashri muqovasidan Anok Yai suratining oʻrin egallashi uning supermodel sifatida rasman tan olinishi boʻldi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Janubiy sudanlik ayol modellar Turkum:Next Management modellari Turkum:Qoʻshma Shtatlar fuqaroligini olganlar Turkum:Plymouth davlat universiteti bitiruvchilari