Botir Hojiyevich Boboyev (; 1991-yil 21-avgust kuni Qizilarvotda tugʻilgan) – turkmanistonlik futbolchi, „Nebitchi“ klubi va Turkmaniston milliy terma jamoasida darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi.

Biografiyasi 1991-yil 21-avgustda Turkmanistonning Qizilarvot shahrida tugʻilgan.

Klub darajasidagi faoliyatini 2013-yilda Annaudagi „Ahal“ jamoasida boshlagan. Botir Ahal klubi tarkibida toʻrt marta mamlakat chempionatining kumush medal sovrindori boʻlgan (2014, 2017—2019). Uch marta Turkmaniston kubogini qoʻlga kiritgan (2013—2014, 2017). OFK kubogi oʻyinlarida ishtirok etgan, saralash va asosiy bosqichda 10 ta oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol oʻtkazib yuborgan. 2017 va 2018-yilgi mavsumlarida Turkmaniston chempionatining eng yaxshi 22 nafar futbolchisi roʻyxatiga 2-raqam ostida kiritilgan. 2021-yilda Bolqonobodning Nebitchi jamoasi bilan shartnoma imzolaganVratar „Axala“ Babaev pereshyol v „Nebitchi“.

2012—2013-yillarda Turkmaniston yoshlar terma jamoasida toʻp surgan. 2013-yil yanvar oyida ushbu jamoa tarkibida Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan „Hamdoʻstlik kubogi“ xalqaro turnirida qatnashgan. Turnir davomida 4 ta oʻyin oʻtkazib, 11 ta gol oʻtkazib yuborgan. Guruh bosqichida Litva (0:0) va Ukraina (0:5) terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda darvozani himoya qilgan. 9-12-oʻrinlar uchun yarim finalda Estoniya (1:2) bilan va 11-12-oʻrinlar uchun oʻyinda Latviya (0:4) bilan bellashgan.

2019-yilda Turkmaniston milliy terma jamoasidagi debyutini 15-oktyabr kuni Quvaytga qarshi safardagi oʻrtoqlik oʻyinida (1:1) oʻtkazganDva futbolista debyutirovali v sostave sbornoy Turkmenistana va 1 ta gol oʻtkazib yuborgan. Bu oʻyin Boboyev uchun milliy terma jamoada oʻtkazgan yagona uchrashuvligicha qolmoqda.

2020-yilgi Turkmaniston chempionatida u gol oʻtkazmagan oʻyinlar soni boʻyicha darvozabonlar orasida peshqadamlik qilgan: 14 turda u 7 ta oʻyinda darvozasini quruq saqlagan.

Yutuqlar Ahal

Turkmaniston chempionatining kumush medal sovrindori (5 marta): 2014, 2017, 2018, 2019, 2020-yillar Turkmaniston kubogining gʻolibi (3 marta): 2013, 2014, 2017-yillar Turkmaniston chempionatining eng yaxshi 22 ta futbolchisi roʻyxatiga kiritilgan (2 marta): 2017, 2018-yillar

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Bolqon viloyati kishilari Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FC Ahal futbolchilari Turkum:FK Nebitchi futbolchilari Turkum:Altyn Asyr FK futbolchilari Turkum:Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari