Johannes Gensfleisch zur Laden zum Gutenberg (  — 3-fevral 1468-yil) — nemis ixtirochisi, Yevropada kitob bosish asoschisi. Pul zarb qiladigan joy (zarbxona)da ishlab, metalldan shrift quyishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. 1438-yilda Strasburgda bosmaxona tashkil etadi. XV asrning 40-yillarida bosmaxona jarayonining texnologiyasini ishlab chiqib, harakatlanuvchi literani qoʻllab bosma qoliplarini tayyorlash usulini ixtiro qildi, dastaki harf (soʻz) quyish qurilmasini yaratdi, bosma pressni qurdi. Gart va bosmaxona boʻyoqlarini taklif qildi. 1447-yildan Maynsda darslik va ommabop nashrlarni (astronomik kalendar va boshqalar) ni chop etgan. 1452—1455-yillarda Bibliyaning 300 nusxasini lotin tilida bosib chiqargan. thumb|200px|Gutenberg Injili

Manbalar

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Nashriyotchilar Turkum:Ixtirochilar Turkum:Olmoniya ixtirochilari Turkum:1398-yilda tugʻilganlar Turkum:1468-yilda vafot etganlar