Yoqub ibn Yusuf Abdulmoʻmin al-Mansur (; 1199-yil 23-yanvarda vafot etgan), asosan, Yoqub al-Mansur () yoki Moulay Yacoub () nomi bilan tanilgan uchinchi Muvahhidlar xalifasi. Otasining vafotidan soʻng taxtga chiqqan al-Mansur 1184-yildan 1199-yilgacha hukmronlik qildi. Uning hukmronlik davri savdo, meʼmorchilik, falsafa va ilm-fan rivoji, shuningdek, harbiy gʻalabalar bilan ajralib turadi. Ayniqsa, Iberiya yarimorolida davom etayotgan Rekonkista harakatlarini qaytarishda muvaffaqiyat qozondi.
Harbiy harakatlari Al-Mansurning otasi 1184-yil 29-iyulda Portugaliyada oʻldirildi. 10-avgustda otasining jasadi bilan Sevillaga yetib kelgach, al-Mansur darhol yangi xalifa deb eʼlon qilindi. Al-Mansur otasining oʻlimi uchun qasos olishga ont ichdi, biroq Banu Gʻaniya qabilasi bilan kechgan janglar uni Afrikada ushlab qoldi. Banu Gʻaniyani navbatdagi magʻlubiyatga uchratgach, u otasining oʻlimi uchun qasos olish maqsadida Pireney yarim oroli sari yoʻl oldi.
1190-yil 13-iyulda al-Mansur Portugaliya Templarlarining markazi boʻlgan Tomar qal’asini qamal qildi, ammo qal’ani qoʻlga kiritishda muvaffaqiyat qozona olmadi. Biroq janubroqda 1191-yilda u Algarve mintaqasidagi Albufeyra hududi yaqinida joylashgan yirik istehkom Paderne qal’asi va unga tutash hududlarni qayta zabt etdi. Bu hudud 1182-yildan buyon qirol Sancho I boshchiligidagi Portugaliya qoʻshini nazoratida edi. Nasroniylarga boshqa zarbalar berib, yirik shaharlarni qoʻlga kiritgach, al-Mansur Magʻribga uch ming nasroniy asirlari bilan qaytdi.
Al-Mansur Afrikaga qaytgandan soʻng, Pireney yarim orolidagi nasroniylar hujumni davom ettirdilar va Moorning koʻplab shaharlarini, jumladan Silves, Vera va Bejani egallab olishdi.
Bu xabarni eshitgan al-Mansur qaytadan Pireney yarimoroliga yoʻl oldi va nasroniylarni yana magʻlubiyatga uchratdi. Bu safar ularning koʻplari har biri ellik kishidan iborat zanjirband qilingan guruhlarga boʻlinib olib ketildi va keyinchalik Afrikada qul sifatida sotildi.
Al-Mansur Afrikada boʻlganida nasroniylar uni tor-mor etish uchun oʻsha davrning eng katta lashkari – 300 mingdan ortiq qoʻshin toʻpladilar. Biroq bu xabarni eshitishi bilan al-Mansur yana Pireneyga qaytdi va 1195-yil 18-iyulda Alarkos jangida Kastiliya qiroli Alfonso VIII ning qoʻshinini tor-mor keltirdi. Rivoyatlarga koʻra, al-Mansurning lashkarlari 150 ming kishini oʻldirgan va sanogʻiga yetib boʻlmas darajada oltin, qimmatbaho buyumlar hamda boshqa mol-mulklarni qoʻlga kiritgan. Aynan shu gʻalabadan soʻng u „al-Mansur billoh“ unvonini olgan.
Ichki siyosat thumb|Bob Udaya darvozasi al-Mansur hukmronligi davrida Qasbat al-Avdayaga qoʻshilgan
Meʼmorchilik Oʻz hukmronligi davrida al-Mansur bir qancha yirik qurilish loyihalarini amalga oshirdi. U Rabotdagi Kasba Udaya qal’asida ulkan darvoza qurdirdi. Shuningdek, al-Mansur Marokashdagi hozirgi Kutubiya masjidining qurilishini yakunlash uchun ham mas’ul boʻlgan boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, xalifa Marokashda keng koʻlamli shohona qal’a va saroy majmuasini ham bunyod etdi. Bu majmua keyingi asrlar davomida shahardagi hukumat qarorgohi boʻlib xizmat qildi. Ushbu qirollik hududiga Marokashdagi Kasba masjidi (yoki al-Mansuriya masjidi) ham kirgan boʻlib, unga al-Mansur davrida barpo etilgan Bab Agnau darvozasi orqali kirilardi. Bundan tashqari, al-Mansur Rabotda yanada kattaroq va mustahkam poytaxt barpo etishga kirishdi va u yerda dunyodagi eng katta masjidni qurishni rejalashtirdi, amo masjid va yangi qal’a qurilishi uning vafotidan keyin toʻxtab qoldi. Masjidning faqat boshlangʻich qismi, jumladan, hozir „Hasan minorasi“ nomi bilan mashhur ulkan minora qurib bitkazilgan edi.
Rabotdagi tarixiy darvozalardan ayrimlari, xususan, Bab ar-Rouoh ham aynan shu davrga taalluqlidir. Al-Mansurning mashhur asarlaridan biri Marokesh Bimaristoni boʻlib, u Marokashda qurilgan birinchi shifoxona edi. Al-Mansur uni nafis bezaklar va haykallar bilan chiroyli qilib bezattirdi, shifoxona hududida bogʻlar va unga ulangan suv kanallari mavjud edi. Uning qurilishi Muvahhidlar hukumatining shaxsiy mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan. Rivoyatlarga koʻra, Ibn Rushd ham u yerda maʼlum muddat faoliyat yuritgan'Abd al-Wahid al-Marrakushi, al-mujib fi talkhis akhbar ahl al-Maghrib, p. 287Moussaoui، Driss؛ Glick، Ira D. (2015)..
Falsafa va din thumb|"Averroesning sharmandaligi": al-Mansur Averroesni oʻz saroyidan quvib yuborgan (Lui Figye, 1867-yilgi tasvir) Al-Mansur faylasuf Ibn Rushdni qoʻllab-quvvatlagan, Ibn Rushd saroyda xalifaning eng sevimli kishilaridan boʻlgan. Muvahhid xalifalarining koʻpchiligi kabi al-Mansur ham diniy bilimga ega edi. U Muvahhidlar taʼlimotiga koʻra musulmon huquqshunosligining Zohiriy (yaʼni soʻzma-soʻz talqin qiluvchi) maktabini yoqladi va musulmon paygʻambar anʼanalari boʻyicha nisbatan keng taʼlim olgan edi. U hatto paygʻambar Muhammadning soʻzlari va qilgan amallari toʻgʻrisida kitob ham yozganKojiro Nakamura, „Ibn Madaʼs Criticism of Arab Grammarians.“ Orient, v. 10, pgs.. Mansurning Zohiriylikka sodiqligi shunda yaqqol namoyon boʻldiki, u qozilariga faqat Qur’on, paygʻambarning soʻzlari va mutlaq ijmo asosida hukm chiqarishni buyurdi. Mansurning otasi Abu Yoqub kordovalik olim Ibn Madani bosh qozi etib tayinlagan va ular Muvahhidlar islohotlari doirasida barcha Zohiriy taʼlimotiga mansub boʻlmagan diniy kitoblarni taqiqlashni nazorat qilganlarKees Versteegh, The Arabic Linguistic Tradition, pg.. Ammo Mansur taxtni meros qilib olgach, faqatgina bunday cheklovlar bilan qoniqib qolmay, Ibn Madaga bunday kitoblarni yoqib yuborishni ham buyurdiShawqi Daif, Introduction to Ibn Madaʼs Refutation of the Grammarians, pg..
Oʻlimi va merosi Al-Mansur 1199-yil 23-yanvarda Marokashda vafot etdi. Uning jasadi vaqtincha Marokashdagi saroyga dafn qilingan, soʻngra Tinmalga koʻchirilgan. U yerga undan avvalgi Muvahhid xalifalari va Ibn Tumart ham dafn etilgan edi.
Al-Mansurning Alarkosdagi gʻalabasi keyingi asrlar davomida urush taqdiri musulmonlar zarariga oʻzgarib ketgan paytlarda ham eslab kelingan. Bu voqea tarixchi Ibn Abu Zar tomonidan 1326-yilda yozilgan „Ravd al-Qirtas“ () asarida hikoya qilinganFrench translation by A. Beaumier, 1860.
Marokashning Fos shahri yaqinidagi Moulay Yacoub shaharchasi al-Mansur nomi bilan atalgan boʻlib, hudud, asosan, davolovchi issiq buloqlari bilan mashhurdir.
Manbalar
Turkum:1199-yilda vafot etganlar Turkum:Muvahhid xalifalar Turkum:12-asr xalifalari