Alison Peasgood (qizlik familyasi: Alison Patrick; 1987-yil 1-oktyabrda tugʻilgan) – britaniyalik paratriatlonchi. U 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ayollar PT5 toifasida Hazel Smith yoʻlboshchiligida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritdiAlison Patrick . rio2016.com. U 2024-yilgi Paralimpiada oʻyinlarida Brooke Gillies hamkorligida yana ishtirok etdi.

Hayoti Alison 1987-yilda albinizm bilan tugʻilgan. U tugʻma koʻr boʻlgan, keyin biroz koʻra boshlagan, ammo hech qachon toʻliq koʻrish qobiliyatiga ega boʻlmagan. Bundan tashqari, u koʻz harakatlariga sabab boʻladigan nistagm va albinizm tufayli uning koʻzlari yorugʻlikka sezgir. Alison Loughboroga koʻchib oʻtishdan oldin Dunfermlinedagi Viktoriya kasalxonasida fizioterapevt boʻlib ishlaganAlison Patrick on her meteoric rise to the Rio Paralympics , SportScotland, 8 June 2016.

Paratriatlon Olimpiya sporti turi sportchisi sifatida 2016-yil Rio Paralimpiadasida qatnashdi. Patrick PT5 toifasida Avstraliyalik Katie Kellydan keyingi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Uning musobaqadagi yoʻlboshchisi Hazel Smith edi. Ular Paralimpiada oldidan ikki yil davomida mashgʻulot olib borganishgan. Ularning uchrashuvi birgalikda kofe ichish bilan boshlangan va keyin tandem velosipedda mashq qilish bilan davom etgan. Smith ilgari 2014-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida jamoa zaxirasi boʻlgan, triatlonchi edi.

Alison „Gʻarbiy Fifening yil sportchisi“ deb topilgan.

2017-yil mart oyida u Los-Anjelesda boʻlib oʻtgan UCI Para-velosport trek boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan. U velosportchi Helen Scott bilan hamkorlik qilgan va ular birgalikda yana ikkita medalni qoʻlga kiritishgan. Ularning tandemi 1 km vaqt sinovida uchinchi oʻrinni egalladi va tandem sprintda Thornhill va Hall dan keyingi oʻrinni qayd etib, kumush medal bilan taqdirlandilar.

U Tokioda qoldirilgan Paralimpiada p\yinlarida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

U 2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Paralimpiada oʻyinlarida yana ishtirok etdi, unda oʻzining Paralimpiadadagi debyutini amalga oshirgan Brooke Gillies hamrohligida qatnashdi. Gillies u bilan mashq qilish uchun Loughboroga koʻchib oʻtgan, ammo ularning hamkorligi Peasgood farzand koʻrgunicha kechiktirilgan. U Parijda yana toʻrtinchi oʻrinni egalladi, musobaqada Ispaniyalik Susana Rodríguez gʻolib boʻldi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Shotlandiyalik ayol suzuvchilar Turkum:Britaniyalik ayol triatlonchilar Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiada suzuvchilari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiada triatlonchilari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiada kumush medal sovrindorlari Turkum:2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari triatlonchilari Turkum:2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:21-asr britaniyalik sportchilari Turkum:2022-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlari triatlonchilari Turkum:Shotlandiyalik Hamdoʻstlik oʻyinlari ishtirokchilari Turkum:Albinizm bilan kasallangan odamlar Turkum:Koʻzi ojiz sportchilar Turkum:Shotlandiyalik ayol velosportchilar Turkum:Britaniyalik ayol velosportchilar Turkum:Paravelosportchilar Turkum:Shotlandiyalik ayol triatlonchilar Turkum:Dunfermlinlik sportchilar Turkum:Shotlandiyalik koʻrlar Turkum:2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari triatlonchilari Turkum:21-asr shotlandiyalik sportchilari