„Kafil-Sugʻurta“ AJ 2004- yil 21- maydan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining litsenziyasi asosida sug‘urtaning barcha 17 ta klassi boʻyicha ixtiyoriy va majburiy shakllarda xizmat koʻrsatuvchi sugʻurta kompaniyasi.

Tarixi 2004 2004-yil 21-mayda tashkil topdi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan litsenziyaga ega boʻldi. 2021 Global Banking & Finance Review xalqaro nashri tomonidan Oʻzbekistondagi „Eng tez oʻsuvchi kompaniya-2021“ unvoniga sazovor boʻldi. „Ahbor-Reyting“ agentligi kompaniyaning moliyaviy ishonchliligi va toʻlov qobiliyatini „UzA++“ (juda yuqori) darajasida baholadi. 2022 kafil.uz sayti rebrending qilindi. Kompaniya mulkchilik shakli mas’uliyati cheklangan jamiyatidan aksiyadorlik jamiyatiga oʻzgartirildi. 2023 Isteʼmolchilar tanloviga koʻra „Yil brendi — 2022“ unvoni bilan taqdirlandi. www.mf.uz maʼlumotiga koʻra, yilning 1-choragi yakunida sugʻurta mukofotlari yigʻimi boʻyicha respublika reytingida 7-oʻrinni egalladi. „Moody’s Ratings“ (AQSh) xalqaro reyting agentligi Kompaniyaning moliyaviy barqarorlik reytingini „B2“ darajasiga koʻtarilgani haqida rasmiy press-reliz chop etdi. 2024 Ustav kapitali 32,82% ga oshirildi. Qayta sugʻurta faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Isteʼmolchilar tanloviga koʻra „Yil brendi — 2023“ unvoni berildi. ISO 9001:2009 standarti talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi joriy etildi, xalqaro va milliy sertifikatlar olindi. 2025 Kompaniya ustav kapitali 80,7 mlrd soʻmga oshdi; Qayta sugʻurtalash yoʻnalishida xalqaro yirik tashkilotlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi; Isteʼmolchilar tomonidan „Yil brendi — 2024“ unvoniga sazovor boʻldi BMT tomonidan oʻtkazilgan „Inclusive Insurance Products“ tanlovida gʻolib deb topildi.

Reyting va sertifikatlar

Milliy reyting agentligi „barqaror“ uzA++ koʻrsatkichini tasdiqlagan. Moody’s Investors Service kompaniyani B2 moliyaviy barqarorlik darajasi bilan baholagan (barqaror prognoz).

Faoliyat yoʻnalishlari Kompaniya quyidagi sugʻurta turlarini taklif qiladi: baxtsiz hodisalar va kasallik, transport vositalari, mulk, qurilish-montaj, eksport, lizing, fuqarolik javobgarligi, va boshqa turlar. Kompaniyaning ustav kapitali 60,701 mlrd soʻmdan 80,701 mlrd soʻmga oshirilgan.

Oʻzgarishlar va islohotlar 2023-yilda qayta sugʻurta faoliyati yoʻlga qoʻyilgan, ISO 9001:2009 sifat menejmenti tizimi joriy etilgan, grant dasturi amalga oshirilgan, va „Yil brendi — 2022, 2023, 2024“ unvonlari berilgan.

Moliyaviy koʻrsatkichlar „Kafil-Sugʻurta“ AJ 2025-moliya yilini 10.17 mlrd soʻm sof foyda bilan yakunlagan. Hisobot davrida kompaniyaning jami daromadlari 192.85 mlrd soʻmni tashkil qiladi.

Kompaniyaning oʻtgan 4 yildagi moliyaviy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida quyidagi jadvalda maʼlumot berilgan: +Moliyaviy koʻrsatkichlari (mlrd soʻmda) Yillar 2022-yil 2023-yil 2024-yil 2025-yil Ustav kapitali 35,70 45,70 60,70 80,70 Jami aktivlar 94.93 145.45 230.30 265.20 Oʻz mablagʻlari manbalari 45,6 44,1 71,8 95,3 Investitsiya 55,8 68,4 142,3 152,6 Olingan sugʻurta majburiyati 20 910,06 33 391,39 93 827,46 92 303,47 Sugʻurta mukofotlari hajmi 34,9 73,9 77,4 72,2

Manbalar

Turkum:Sugʻurta Turkum:Toshkentdagi kompaniyalar