Tezkor shaxmat boʻyicha 2022-yilgi jahon chempionati – tezkor vaqt nazorati ostida oʻynaladigan shaxmat boʻyicha jahon chempionini aniqlash maqsadida FIDE tomonidan oʻtkaziladigan yillik shaxmat turnirining 2022-yilgi bosqichi. 2012-yildan boshlab FIDE rapid va blits jahon chempionatlarini qoʻshma turnir sifatida oʻtkazib kelmoqda. Musobaqa 2022-yil 26–28-dekabr kunlari Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtkazildi. Turnir shveysarcha tizim asosida oʻtkazilib, open guruhida 13 ta, ayollar guruhida esa 11 ta turdan iborat boʻldi. Open guruhi musobaqasida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan shaxmatchilar 2022-yil davomida FIDE reytingida kamida 2550 Elo balliga ega boʻlgan yoki amaldagi milliy chempion maqomiga ega boʻlgan sportchilar edi.

Ishtirokchilar Ochiq turnirda 178 nafar, ayollar oʻrtasidagi turnirda 98 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.

Mukofot jamgʻarmasi Ochiq (open) va ayollar turnirlari uchun mukofot jamgʻarmasi quyida keltirilgan. Birinchi oʻrindan tashqari boshqa oʻrinlarda teng natija qayd etilgan taqdirda, mukofot puli oʻsha oʻrinlarni egallagan shaxmatchilar oʻrtasida teng taqsimlanadi. Belgilangan oʻrinlardan tashqarida qolgan ishtirokchilarga mukofot puli berilmaydi. Barcha summalar AQSh dollarida keltirilgan.

Ochiq turnir:

1-oʻrin: 60 000 dollar

2-oʻrin: 50 000 dollar

3-oʻrin: 40 000 dollar

4-oʻrin: 30 000 dollar

5-oʻrin: 25 000 dollar

6-oʻrin: 22 000 dollar

7-oʻrin: 18 000 dollar

8-oʻrin: 14 000 dollar

9-oʻrin: 11 000 dollar

10-oʻrin: 8 000 dollar

11–16 oʻrinlar: 5 000 dollar

17–25 oʻrinlar: 3 000 dollar

26–35-oʻrinlar: 1500 dollar

Jami: 350 000 dollar

Ayollar turniri:

1-oʻrin: 40 000 dollar

2-oʻrin: 30 000 dollar

3-oʻrin: 20 000 dollar

4-oʻrin: 15 000 dollar

5-oʻrin: 10 000 dollar

6-oʻrin: 7 000 dollar

7-oʻrin: 6 000 dollar

8-oʻrin: 5 000 dollar

9-oʻrin: 4 000 dollar

10-oʻrin: 3 000 dollar

11–15-oʻrinlar: 2000 dollar

Jami: 150 000 dollar

Taybrek qoidalari Bir xil ochko toʻplagan shaxmatchilar uchun yakuniy oʻrinlar quyidagi qoʻshimcha koʻrsatkichlar tartibida aniqlangan:

Buxgols kesimi 1 Buxgols Raqiblarning oʻrtacha reyting kesimi 1 (eng past reytingli ishtirokchini hisobga olmaganda raqiblarning oʻrtacha reytingi) Teng ochko toʻplagan shaxmatchilar oʻrtasidagi oʻzaro oʻyin natijalari Qur’a tashlash

Agar birinchi oʻrindan boshqa oʻrinlar uchun ikki yoki undan ortiq shaxmatchi teng ochko toʻplasa, yuqorida qayd etilgan qoʻshimcha koʻrsatkichlar tizimi ularning oʻrinlarini belgilaydi. Agar 1-oʻrin uchun tenglik yuz bersa, chempionni aniqlash maqsadida teng natija qayd etgan shaxmatchilar oʻrtasida tay-brek oʻyinlari oʻtkaziladi.

Ochiq turnir natijalari Quyidagi jadvalda 13 raund natijalari bilan barcha ishtirokchilar roʻyxati keltirilgan. Ular tay-breyklarni hisobga olgan holda natijalarga koʻra tartiblanadi .

Izoh: „59b1“ yozuvi 59-oʻrindagi shaxmatchi (Samvel Ter-Sahakyan)ga qarshi qora donalar bilan oʻynalgan va gʻalaba (1 ochko) bilan yakunlangan partiyani bildiradi.