Andros Darryl Townsend (1991-yil 16-iyulda tugʻilgan) – angliyalik futbolchi, Tailandning Tay birinchi ligasi chempionatida ishtirok etuvchi „Kanchanaburi Power“ jamoasida oʻng qanot vingeri sifatida faoliyat olib boradi.

Tottenham Hotspur akademiyasini bitirgan Townsend, 2012-yil sentyabrda Premyer-ligadagi debyutini oʻtkazishidan avval, bir necha Angliya birinchi ligasi va Chempionship turniridagi ishtirokhi jamoalarida ijara asosida oʻynagan. Bu davrda Tottenhamdagi faoliyatida tarkibdagi raqobat sabab oz oʻyinlarda maydonga tushgan. 2013-yil Premyer-liganing Queens Park Rangers jamoasida yarim mavsumlik ijara muddatini oʻtagach, Townsend 2013—2015-yillarda Tottenhamning asosiy tarkibida mustahkam oʻrin egallagan. 2015-16-yilgi mavsumda avvalida jamoani tark etgan va Newcastle United klubida qisqa muddat toʻp surgan. 2016-yil yozida Crystal Palace jamoasiga oʻtgan. Palace safida besh yil oʻynagan. 2021-yilda Everton jamoasi bilan shartnoma imzolagan, biroq 2022-yilda olgan uzoq muddatli jarohat uning bu jamoadagi faoliyatiga toʻsqinlik qilgan. 2023-yilda Everton klubi bilan shartnomani yakunlagach, Luton Town jamoasi tarkibiga oʻtgan.

Townsend 2013-yil 11-oktyabrda Angliya terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushgab. Andros kattalar terma jamoasida jami 13 marta ishtirok etib, uch gol kiritishga muvaffaq boʻlgan.

Shaxsiy hayoti Townsend Buyuk Londonning Leytonstoun shahrida tugʻilgan. U Troy Townsendning oʻgʻli boʻlib, otasi „Kick It Out“ tashkilotining rivojlanish boʻlimi boshligʻi hisoblanadi. Townsendning otasi Yamayka, onasi esa Kipr yunonlari millatiga mansub. U Chingfordda ulgʻaygan va bolaligidan „Tottenham“ jamoasining ashaddiy muxlisi boʻlgan. Townsend Rush Croft sport kollejida taʼlim olgan. Andros 10 yoshida boʻlganida, 18 yoshli oʻgay akasi Kurtis avtohalokatda halok boʻlgan. Uning amakivachchalaridan biri – Colin Kazim-Richards ham professional futbolchi boʻlgan.

Townsend „Tottenham“ning boshqa yosh futbolchilari bilan birga kiyinish xonasida Ben E. Kingning „Stand By Me“ qoʻshigʻini kuylagan video internetda keng tarqalib, mashhur boʻlib ketgan.

Townsend 2019-yil dekabr oyidagi suhbatda oʻzining qimor oʻyinlariga mukkasidan ketganini va futbolga onlayn pul tikishga majbur boʻlganini tan olgan. U 2012-yilda Birmingem uchun pley-off oʻyinidan oldingi kechada bitta garovga 46 000 funt sterling tikib, hammasini yoʻqotgan. Futbol assotsiatsiyasining qimor oʻyinlariga oid qoidalarini buzgani uchun jazolanganidan soʻng, u maslahatchilar yordamiga murojaat qilgan. 2023-yil noyabrida „Luton Taun“ bilan qisqa muddatli shartnoma tuzgan Taunsend oʻzining jismoniy holatini yaxshilash va sportdagi faoliyatini uzaytirish ustida ishlayotganini maʼlum qilgan. U umumiy jismoniy holatini oshirish maqsadida kollagenga boy boʻlgan tovuq oyoqlarini isteʼmol qilayotganini alohida taʼkidlagan. Shuningdek, Townsend 2022-yilgi Jahon chempionati va Yevro-2024 musobaqalari davomida ITV telekanali uchun sharh beruvchi va hamsharhlovchi sifatida faoliyat yuritdi.

Yutuqlari Tottenham Hotspur

Futbol ligasi kubogi sovrindori: 2014–15

Angliya U19 terma jamoasi

UEFA 19 yoshgacha boʻlgan Yevropa chempionati ikkinchi oʻrin sohibi: 2009

Shaxsiy yutuqlar

Premer-liga oyning eng chiroyli goli: 2017-yil mart, 2018-yil dekabr, 2021-yil sentyabr Premer-liga mavsumning eng ajoyib goli: 2018–19 London futbol mukofotlari mavsumning eng zoʻr goli: 2019

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari Turkum:Ipswich Town F.C. futbolchilari Turkum:Yeovil Town F.C. futbolchilari Turkum:Leyton Orient F.C. futbolchilari Turkum:Milton Keynes Dons F.C. futbolchilari Turkum:Watford F.C. futbolchilari Turkum:Millwall F.C. futbolchilari Turkum:Leeds United F.C. futbolchilari Turkum:Birmingham City F.C. futbolchilari Turkum:Queens Park Rangers F.C. futbolchilari Turkum:Newcastle United F.C. futbolchilari Turkum:Crystal Palace F.C. futbolchilari Turkum:Everton F.C. futbolchilari Turkum:Luton Town F.C. futbolchilari Turkum:Antalyaspor futbolchilari Andros Townsend Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Tailand 1 ligasi futbolchilari Turkum:Angliyalik futbol sharhlovchilar Turkum:Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Angliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tailanddagi muhojir erkak futbolchilar