„Can't Feel My Face“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weekndning ikkinchi studiyaviy albomi – Beauty Behind the Madness (2015)dan joy olgan qoʻshiqdir. Ushbu qoʻshiq 2015-yil 8-iyunda albomning uchinchi singli sifatida chiqarilgan. Qoʻshiq mualliflari – Max Martin, Peter Svensson, Ali Payami, Savan Kotecha va The Weeknd boʻlib, prodyuserlikni Martin va Payami bajargan.
Tanqidchilar „Can't Feel My Face“ qoʻshigʻini yuqori baholashdi va uning ohangini Michael Jacksonning ijod namunalariga qiyoslashdi; Rolling Stone jurnali esa uni 2015-yilning eng yaxshi qoʻshigʻi deb eʼlon qildi. Qoʻshiq Grammy mukofotining ikkita nominatsiyasi – „Yil yozuvi“ va „Eng yaxshi yakkaxon pop ijrosi“ uchun nomzod boʻlgan. Tijoriy jihatdan ham katta muvaffaqiyatga erishgan bu singl AQShning Billboard Hot 100 hamda Kanadaning Hot 100 chartlarida birinchi oʻringa chiqqan. Shuningdek, AQShda 10 milliondan ortiq nusxada sotilgani uchun Amerika Ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan olmos sertifikatiga loyiq topilgan.
Boshqa mamlakatlarda ham „Can't Feel My Face“ qoʻshigʻi katta muvaffaqiyatga erishdi – Meksika, Yangi Zelandiya, Daniya, Irlandiya va Janubiy Afrikada chartlarda birinchi oʻringa chiqdi; Avstraliya, Niderlandiya, Norvegiya va Buyuk Britaniya kabi hududlarda ham eng yaxshi oʻntalik qatoridan joy oldi.
Tarixi va kompozitsiyasi „Can't Feel My Face“ qoʻshigʻi 2015-yil may oyining oxirlarida internetga sizib chiqqan. Rasmiy taqdimoti esa 2015-yil 8-iyun kuni boʻlib oʻtgan boʻlib, aynan shu kuni The Weeknd Apple'ning Butunjahon dasturchilar anjumanida ushbu qoʻshiqni ijro etgan.
Qoʻshiq lya minor tonalligida bastalangan boʻlib, tempi daqiqasiga 108 zarbani tashkil etadi. Vokal diapazoni E3— E5 oraligʻida. Bir nechta manbalar ushbu qoʻshiqni kokain haqida deb talqin qilgan, jumladan, The Weekndning oʻzi ham „Reminder“ qoʻshigʻida bu haqda shunday degan:
Musiqiy jihatdan, The Daily Telegraph nashridan Alice Vincent bu singlni „sintezatorlarga boy, quvnoq pop qoʻshiq“ deb tavsiflagan, AllMusicdan Andy Kellman esa uni „retro-zamonaviy disco-fankning mukammal namunasi“ deb atagan.
Tanqidiy qabul Qoʻshiq keng eʼtirofga sazovor boʻlib, tanqidchilar tomonidan juda iliq kutib olindi. Spin jurnalidan Brennan Carley uni „pop musiqaning mukammal namunasi“, „toʻliq shakllangan, hamma narsa jamlangan hit“ deb atagan va bu qoʻshiq „‘Uptown Funk’ darajasidagi mashhurlik va har joyda eshitilish holatiga yetadi“ deb bashorat qilgan. Bustle nashridan Mallory Carra esa uni „2015-yil yozining rasmiy qoʻshigʻi“ deb atab, quyidagicha yozgan: „Bu qoʻshiq hamma narsasi yetarli, mukammaldir: quvnoq, shoʻx, quloqqa yoqimli va Michael Jacksonning uslubini eslatuvchi“. Time nashrining jurnalisti Esther Zuckerman ushbu qoʻshiqni „Yozning sevimli qoʻshigʻi boʻlishga yangi daʼvogar“ deb atagan va uning naqarotini „yuqumli“ deb taʼriflagan. 2015-yil iyun oyida esa Billboarddan Jason Lipshutz uni „10 Best Songs of 2015 (So Far)“ roʻyxatiga kiritgan.
Consequence of Sound nashri qoʻshiqning ohangini Michael Jackson uslubiga oʻxshatgan. Complex esa quyidagicha yozgan: „Qoʻshiq klassik pop ruhiga ega. The Weeknd bu yerda Michael Jackson uslubidan ilhom olgan holda, Max Martin tomonidan yaratilgan joʻshqin va energiyaga boy aranjirovka ustida kuylaydi“. Pitchfork sharhlovchisi Renato Pagnani qoʻshiqni Best New Track toifasiga kiritgan.
Chartlardagi koʻrsatkichlar „Can't Feel My Face“ qoʻshigʻi AQShning Billboard Hot 100 chartida 24-oʻrinda debyut qilgan. Qoʻshiq birinchi haftaning oʻzida 93 000 dona raqamli savdo, 4,2 million strim (AQShda) va 38 million tinglovchilik radiouzatuv auditoriyasi natijasiga erishgan. Qoʻshiq chartdagi uchinchi haftasida 6-oʻringa koʻtarilib, The Weeknd uchun navbatdagi yutuqqa aylandi – bu uning uchinchi Top 10 ga kirgan, yakkaxon ijrodagi esa ikkinchi qoʻshigʻi boʻldi. „Can't Feel My Face“ uch hafta davomida 2-oʻrinda turgach, nihoyat OMIning „Cheerleader“ qoʻshigʻini quvib oʻtib, Hot 100 chartining 1-oʻriniga koʻtarilgan. Bu The Weekndning ushbu chartdagi birinchi raqamli ilk qoʻshigʻi boʻldi. Ushbu qoʻshiq Billboard Hot 100 chartining choʻqqisida uch hafta davomida, ketma-ket boʻlmagan tarzda uch marta qayta-qayta 1-oʻringa chiqdi. Bu natija bilan „Can't Feel My Face“ bunday yutuqqa erishgan oltinchi qoʻshiq boʻldi va 2011-yilgi Bruno Marsning „Grenade“ qoʻshigʻidan beri bunday muvaffaqiyatga erishgan birinchi qoʻshiq hisoblanadi. „Can't Feel My Face“ chartda uchinchi marta 1-oʻrinni egallab turgan bir paytda, The Weekndning yana bir qoʻshigʻi – „The Hills“ Billboard Hot 100 da 2-oʻringa koʻtarildi. Bu bilan u The Black Eyed Peas dan keyin Hot 100 chartining birinchi ikki pogʻonasini yetakchi ijrochi sifatida egallagan birinchi sanʼatkor boʻldi. Keyingi haftada esa „The Hills“ 1-oʻringa chiqdi va „Can't Feel My Face“ 3-oʻringa tushdi. Bu bilan The Weeknd Taylor Swiftdan keyin bir qoʻshigʻi boshqa bir qoʻshigʻi bilan 1-oʻrinni almashtirgan birinchi sanʼatkor boʻldi. „Can't Feel My Face“ qoʻshigʻi chartning kuchli 10 talik qismida 19 hafta davomida saqlanib turgan, va 2015-yil 21-noyabr kuni undan chiqib ketgan. 2016-yil mart oyidagi maʼlumotlarga koʻra, qoʻshiq AQShda 2,413,488 nusxada sotilgan.
„Can't Feel My Face“ qoʻshigʻi Avstraliyada 2015-yil 20-iyun kuni chartga 27-oʻrinda kirib keldi. Keyinchalik u bu chartda 2-oʻringacha koʻtarildi. Yangi Zelandiyada esa qoʻshiq 2015-yil 22-iyun kuni 12-oʻrinda debyut qilgan va chartda toʻrt hafta davomida, ammo ketma-ket boʻlmagan holda 2-oʻrinda turgan. Nihoyat, toʻqqizinchi haftasida 1-oʻringa koʻtarilgan. Buyuk Britaniyada esa „Can't Feel My Face“ 34-oʻrinda debyut qilgan, bu „The Hills“ chartga kirganidan ikki hafta keyin sodir boʻlgan. Keyinchalik u 3-oʻringa koʻtarilgan va bu bilan The Weekndning mamlakatdagi ikkinchi top-10 talikdan joy olgan qoʻshigʻiga aylangan (ilgariroq „Earned It“ yil boshida 4-oʻringa chiqqan edi). Shuningdek, u oʻsha vaqtda The Weekndning Britaniyadagi eng yuqori oʻringa chiqqan qoʻshigʻi boʻlgan.
Fransiyada ushbu qoʻshiq chartga 59-oʻrinda kirib kelgan va shu tariqa The Weekndning mamlakatdagi yakkaxon ijrosidagi eng yuqori debyuti boʻlgan. Bir necha hafta oʻtgach, qoʻshiq top-5 qatoriga kirgan va bu uning „Earned It“ qoʻshigʻidan keyingi ikkinchi marta Fransiyada kuchli beshlikka kirishi boʻlgan. „Can't Feel My Face“ French Singles Chartda 43 hafta davomida saqlanib qolgan. Keyinchalik qoʻshiq 75 000 nusxa savdo bilan oltin sertifikat olgan va bu uni Fransiyada „Earned It“dan keyingi ikkinchi sertifikatlangan qoʻshigʻiga aylangan.
Ushbu qoʻshiq Buyuk Britaniya va Fransiyadan tashqari boshqa bir qator davlatlarda ham kuchli beshlikka kirdi: Janubiy Afrika, Irlandiya, Meksika va Daniyada 1-oʻrinni, Chexiya va Slovakiyada 2-oʻrinni, Niderlandiyada 3-oʻrinni va Norvegiyada 5-oʻrinni egallagan. Qoʻshiq Shvetsiya, Shveysariya, Polsha, Portugaliya, Rossiya va Italiyada kuchli oʻntalikka kirgan. Belgiya, Finlyandiya, Vengriya, Janubiy Koreya, Ispaniya va Germaniyada esa top-20 ichidan joy olgan.
Videokliplar Qoʻshiq uchun suratga olingan videoklip rejissyor Grant Singer tomonidan ishlangan boʻlib, 2015-yil 29-iyul kuni Apple Music platformasida chiqarilgan. 2025-yil holatiga koʻra, ushbu videoklip YouTube da salkam 1,5 milliard marta tomosha qilingan va bu natija bilan The Weekndning eng koʻp koʻrilgan toʻrtinchi videosiga aylangan. Videoklipda voqea The Weekndning bir barda qoʻshiq kuylashi bilan boshlanadi – auditoriya unga deyarli eʼtibor bermaydi, faqatgina klipdagi romantik qahramon qiz (model Chanel Iman tomonidan gavdalantirilgan) bundan istisno. Keyin esa sahnaga bir kishi (avvalroq „The Hills“ klipida ham paydo boʻlgan Rick Wilder ijrosida) kirib keladi va The Weekndni yoqib yuboradi. Shundan soʻng, bardagi butun olomon, shu jumladan qahramon qiz ham, oʻrnidan turib raqsga tushishni boshlaydi. Videoklip The Weeknd bardan yonayotgan holatda yugurib chiqib ketishi bilan yakunlanadi.
Qoʻshiq uchun muqobil videoklip 2021-yil 2-sentabr kuni taqdim etilgan.
Jonli ijro The Weeknd „Can't Feel My Face“ qoʻshigʻini ilk bor jonli ijro etgan chiqishi Appleʼning WWDC 2015 tadbirida, raqamli relizdan bir kun oldin amalga oshgan. 2015-yil 10-iyul kuni Taylor Swift Abelni 1989 World Tour doirasidagi East Rutherforddagi MetLife stadionidagi konsertiga taklif qilgan. Qoʻshiq ilk bor televizorda jonli tarzda 2015-yilgi MTV Video Music Awards marosimida ijro etilgan. Shuningdek, The Weeknd uni Victoriaʼs Secret Fashion Showda ham kuylagan – bu shou 2015-yil 8-dekabr kuni efirga uzatilgan.
Bundan tashqari, The Weeknd Super Bowl LV halftime showda ham ushbu qoʻshiqning bir qismini ijro etgan.
Martin Garrix remix 2015-yil 6-noyabr kuni DJ va prodyuser Martin Garrix tomonidan „Can't Feel My Face“ qoʻshigʻining remiksi chiqarilgan. Ushbu remiks XO leybli orqali nashr etilgan boʻlib, 4 daqiqa 12 soniya davom etadi. Bu remiks Beauty Behind the Madness albomining Yaponiya nashridan joy olgan.
Treklar roʻyxati
Chartlar
Haftalik chartlar Chart (2015–2021) Eng yuqorioʻrin (Monitor Latino) 12 Urban (ARIA) 1 Airplay (SNEP)2 International (Gaon) 13 (OLT20) 6 (Billboard Mexican Airplay) 1 Anglo (Monitor Latino) 1 Streaming (AMPROFON) 5 (SloTop50) 12 (Record Report) 93
Yillik chartlar Chart (2015) Oʻrin Billboard Hot 100 12 Adult Contemporary (Billboard) 30 Adult Top 40 (Billboard) 14 Hot R&B/Hip-Hop Songs (Billboard) 5 Mainstream Top 40 (Billboard) 3 Rhythmic (Billboard) 1 (ARIA) 12 Urban (ARIA) 6 (Ö3 Austria Top 40) 54 (Ultratop 50 Flanders) 56 Singles (OCC) 21 (Tracklisten) 12 (SNEP) 43 (Official German Charts) 47 (PROMUSICAE) 45 (Media Forest) 6 (FIMI) 35 (Canadian Hot 100) 8 MDH (Tophit) 63 (Dutch Top 40) 10 (Single Top 100) 20 Airplay (Tophit) 61 Airplay (Tophit) 148 (Single Top 40) 60 (Stream Top 40) 12 (Recorded Music NZ) 13 (Sverigetopplistan) 25 (Schweizer Hitparade) 38
Chart (2016) Oʻrin Billboard Hot 100 72 Hot R&B/Hip-Hop Songs (Billboard) 47 (Monitor Latino) 29 Urban (ARIA) 20 Singles (OCC) 79 (SNEP) 132 (PROMUSICAE) 87 (Media Forest) 32 (Canadian Hot 100) 36 (Dance Top 40) 96 (Stream Top 40) 85 (Schweizer Hitparade) 97
Dekada chartlari Chart (2010–2019) Oʻrin Billboard Hot 100 63 Hot R&B/Hip-Hop Songs (Billboard) 29 Singles (OCC) 97
Barcha davrlar chartlari Chart (1958–2018) Oʻrin Billboard Hot 100 355
Sertifikatsiya +„Can't Feel My Face“ning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarAvstraliya (ARIA)11× Platina770,000Belgiya (BRMA)Platina20,000Braziliya (Pro-Música Brasil)2× Olmos500,000Kanada (Music Canada)Olmos800,000Daniya (IFPI Danmark)3× Platina270,000Fransiya (SNEP)Oltin75,000Germaniya (BVMI)Platina400,000Italiya (FIMI)3× Platina150,000Meksika (AMPROFON)Olmos+Oltin330,000Yangi Zelandiya (RMNZ)6× Platina180,000Norvegiya (IFPI)Platina40,000Polsha (ZPAV)4× Platina200,000Portugaliya (AFP)3× Platina60,000Ispaniya (PROMUSICAE)2× Platina80,000Shvetsiya (GLF)6× Platina240,000Birlashgan Qirollik (BPI)4× Platina2,400,000Qoʻshma Shtatlar (RIAA)Olmos10,000,000
Manbalar
Turkum:2015-yil qoʻshiqlari Turkum:2015-yil singllari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:Elektro qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:Billboard Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan singllar Turkum:Canadian Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan singllar Turkum:Republic Records singllari Turkum:XO (yozuv leybli) singllari