Dmitriy Vladimirovich Yashin (; 1981-yil 27-oktyabrda, Toshkentda tugʻilgan) – rossiyalik nafaqadagi futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. Rossiya sport ustasiPrikaz "O prisvoenii sportivnogo zvaniya „Master sporta Rossii“" ot 30 avgusta 2019 g. № 119 ng.

Faoliyati

Klub Ulyanovsk futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Professional faoliyatini mahalliy „Volga“ jamoasida boshlagan. Volga klubi tarkibida 6 mavsumda 62 ta oʻyin oʻtkazgan. 2004-yilda Tolyattining „Lada“ klubiga oʻtgan. Dmitriy 2006-yilda „Kuban“ klubiga oʻtgan. Mavsum davomida, yarim yil ichida atigi ikki marta qaydnomaga kiritilgan, natijada oʻsha mavsumning ikkinchi davrasini Mahachqal’aning „Dinamo“ klubida boshlagan. Dogʻiston poytaxti jamoasi oʻsha yili Birinchi divizionda omon qolish uchun kurashgan. U darhol asosiy darvozabonga aylandi va 17 ta oʻyinda maydonga tushib, 18 ta gol oʻtkazib yuborgan. „Dinamo“ professional klub litsenziyasidan mahrum qilinganidan soʻng, Dmitriy „KAMAZ“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2010-yildan 2013-yilgacha „Ural“ jamoasida oʻynagan. 2013-yil iyun oyi oxirida Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasiga koʻchib oʻtgan.Yaroslavldagi uzoq muddatli faoliyatidan soʻng, u 2021-yilning yozida „Krasava“ klubiga oʻtgan va u yerda oʻyinchi murabbiy boʻlgan.

Yashin 2022-yil 15-fevralda futbolchilik faoliyatini yakunlaganini va „Sochi“ akademiyasining murabbiylar shtabiga oʻtganini eʼlon qildi. 2025-yil 1-yanvardan L. I. Yashin nomidagi „Dinamo“ akademiyasining Ulyanovsk shahridagi filialini boshqargan.

Terma jamoada 1998-yilda u Rossiya yoshlar terma jamoasida oʻynagan.

Yutuqlar

Jamoaviy Ural

FNL chempionati gʻolibi: 2012/13

Shaxsiy

Rossiya bayrogʻi Ikkinchi divizion Ural-Volgaboʻyi zonasi terma jamoasi PFL „Umid“ kubogining eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi darvozaboni: 2004Yejenedelnik „Futbol-Review“, № 45/46/2004, spesialnoe prilojenie PFL – № 39/2004 (19—25 noyabrya 2004 goda), str. VI – Dmitriy Yashin – Vrataryom stal sluchayno

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiya sport ustalari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FC Lada-Tolyatti futbolchilari Turkum:FC KAMAZ Naberejniy Chelniy futbolchilari Turkum:FC Ural Yekaterinburg futbolchilari Turkum:FC Shinnik Yaroslavl futbolchilari Turkum:FC Kuban Krasnodar futbolchilari Turkum:FC Volga Ulyanovsk futbolchilari Turkum:FC Dinamo Mahachqalʼa futbolchilari Turkum:Krasava FK futbolchilari