2004-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlari (), 12-Yozgi Paralimpiya o‘yinlari, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi tomonidan boshqarilgan nogironligi boʻlgan sportchilar uchun yirik xalqaro koʻp sport turi boʻyicha musobaqa boʻlib, 2004-yil 17–28-sentyabr kunlari Gretsiyaning poytaxti Afina shahrida oʻtkazildi. Unda 136 mamlakatdan 3,808 nafar sportchi (2,643 erkak va 1,165 ayol) qatnashdi. Ushbu oʻyinlar davomida 304 ta jahon rekordi, shuningdek 448 ta Paralimpiya oʻyinlari rekordi yangilandi, bular 19 ta sport turi boʻyicha qayd etilgan. 8,863 nafar koʻngilli tashkiliy qoʻmitaga yordam bergan.
Afinadagi oʻyinlarda toʻrtta yangi musobaqa qoʻshildi; koʻzi ojizlar uchun 5x5 futbol, kvadlar uchun nogironlar aravachasidagi tennis, shuningdek ayollar oʻrtasida dzyudo va oʻtirib voleybol oʻynash boʻyicha musobaqalar. 2000-yil Sidneydagi mojarodan soʻng, unda ispan aqliy nogironlar basketbol jamoasining bir nechta oʻyinchilari talabga javob bermagani sabab oltin medallari bekor qilingan, ID (aqliy nogironlik) sinfi musobaqalari toʻxtatilgan edi.
Shuningdek, bu oʻyinlarda eski Paralimpiya ramzi oxirgi marta ishlatilgan. Yangi ramz 2006-yilda joriy etilgan.
Mezbon shahar tanlash jarayoni
Afina mezbon sifatida 1997-yil 5-sentyabr kuni Shveytsariyaning Lozanna shahrida oʻtkazilgan 106-XOQ sessiyasida tanlangan. Gretsiya poytaxti bundan yetti yil oldin, 1996-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun Atlantaga yutqazgan edi. Gianna Angelopoulos-Daskalaki rahbarligida Afina yana bir bor harakat qilib, 2004-yilgi oʻyinlarga mezbonlik qilish huquqini olishga urinadi. Bu safar ularning muvaffaqiyati insoniy qadriyatlar, qadimgi va zamonaviy oʻyinlar tarixiga urgʻu, shuningdek, Gretsiya va Afinaning zamonaviy olimpiya harakatini rivojlantirishdagi roli haqida ilhomlantiruvchi yoʻnalish asosida boʻldi. 1996-yildagi nomzodlik kampaniyasi magʻrur deb baholangan boʻlsa, 2004-yildagi kampaniya kamtar, samimiy, halol va aniq kontseptsiyasi sababli maqtovga sazovor boʻldi. Avvalgi nomzodlik jarayonida shahar infratuzilmasi, havo ifloslanishi, byudjeti va siyosiylashtirish boʻyicha xavotirlar bildirilgan edi. 1991-yilgi Oʻrta yer dengizi oʻyinlari, 1994-yilgi FIVB voleybol bo‘yicha erkaklar Jahon chempionati, 1994-yilgi qilichbozlik bo‘yicha Jahon chempionati va 1997-yilgi yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionati kabi yirik tadbirlarni muvaffaqiyatli oʻtkazishi XOQ aʼzolari orasidagi shubhalarni bartaraf etishga yordam berdi. Baʼzi XOQ aʼzolari orasida olimpiya oʻyinlariga asl qadriyatlarni qaytarish istagi ham kuchaygan edi.
Paralimpiya uchun yangi qoidalar Bu yozgi Paralimpiya oʻyinlari mezbon shaharlar oʻyinlarni qabul qilish-yqilmasligini oʻzlari hal qila olgan soʻnggi musobaqa edi. Chunki ularga hali ham ixtiyoriy va ikkinchi darajali tadbir sifatida qaralardi. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) Atlantadagi oʻyinlarda yuzaga kelgan muammolardan soʻng, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (XPQ) bilan strategik hamkorlikni boshladi va birinchi marta barcha 11 nomzod shaharlaridan Paralimpiya rejalari haqida soʻraldi. Barcha 11 shahar bu talablarni qabul qildi, ammo faqat uchtasi alohida tashkilot rejasini taklif qildi.
Mashʼala estafetasi
Olimpiya oʻyinlarida ishlatilgan xuddi oʻsha mashʼala dizayni Paralimpiya oʻyinlarida ham ishlatildi. Mashʼala 2004-yil 9-sentyabrda, Akropol etagidagi Gefest ibodatxonasida, shom payti oʻt yoqish marosimi bilan yoqildi va Afinaning asosiy afsonasini jonlantirish orqali asosiy mash’ala maydoniga yetkazilldi. Birinchi mashʼala koʻtaruvchi – Kostantinos Fykas boʻlib, u Sidneyda 2 ta oltin va Atlantada 1 ta kumush medal yutgan. Estafeta Afina metropoliten hududi boʻylab oʻtdi. Uning yoʻnalishi Olimpiya mashʼalasi yoʻnalishidan farq qilib, zamonaviy Gretsiyani namoyish etishni maqsad qilgan edi. Mash’ala 54 ta munitsipalitetdan oʻtib, 410 km masofani bosib oʻtgan.
680 nafar mashʼala koʻtaruvchi uni oʻzaro almashinib, kuch, izlanish va halol raqobat qadriyatlarini targʻib qildi. Yoʻl Thiseio markazidan boshlandi.
Marosimdan soʻng, Paralimpiya mashʼalasi Herodes Atticus teatriga olib borildi. Yoʻnalish Souniondagi Poseydon ibodatxonasi va Brauron hamda Megara va Elefsina kabi klassik davr markazlari orqali oʻtgan boʻlib, mashʼala Sounio va Marafon to‘g‘oni tomon yoʻnalgan ajoyib sohil yoʻlini ham yoritdi. 17-sentyabr kuni Paralimpiya mashʼalasi ochilish marosimida Olimpiya stadioniga yetib keldi.
Medallar hisobi
Afinadagi oʻyinlar davomida jami 1,567 ta medal topshirildi: 519 ta oltin, 516 ta kumush va 532 ta bronza. Xitoy birinchi marta umumiy va oltin medallar boʻyicha yetakchilik qildi. Quyidagi jadvalda mamlakatlar (bu yerda mamlakat deganda Milliy Paralimpiya qoʻmitasi nazarda tutiladi) oltin medal soniga koʻra tartiblangan.
Eng koʻp individual medallarni qoʻlga kiritgan sportchilardan biri Yaponiyalik Mayumi Naritasi boʻlib, u suzishda yettita oltin va bitta bronza medalini qoʻlga kiritdi hamda oltita jahon rekordini yangiladi. Shu bilan birga uning umumiy Paralimpiya oltin medallari soni 15 taga yetdi. Kanadalik Chantal Petitclerc nogironlar aravachasida yugurishda beshta oltin medal va uchta jahon rekordi oʻrnatdi. Shvetsiyalik otuvchi Jonas Jacobsson esa toʻrtta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Fransiyalik Béatrice Hess suzishda oʻzining 19- va 20-oltin medallarini qoʻlga kiritdi. AQShlik suzuvchi Trischa Zorn esa bitta bronza medalini qoʻlga kiritdi, ammo bu uning umumiy hisobdagi 55-paralimpiya medali edi. Shu tariqa, u tarixdagi eng muvaffaqiyatli Paralimpiya sportchisi boʻlib qolmoqda„Times Square Honors Athletes“, Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi, 2005-yil 5-yanvar.
Ochilish marosimi
2004-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi 2004-yil 17-sentyabr kuni kechqurun Afina Olimpiya stadionida boʻlib oʻtdi. Marosim markazidagi asosiy obraz balandligi 26 metr boʻlgan, 195 mingdan ortiq yaproqqa ega zarang daraxti (hayot daraxti sifatida ham xizmat qilgan) boʻlib, u hayot kuchi va ijobiy energiya timsoli boʻlgan. Ushbu daraxt qadimgi va zamonaviy davr oʻrtasidagi vaqt chizigʻi sifatida tasvirlanib, Olimpiya oʻyinlaridagi zaytun daraxti ramzidan farq qildi.
Zarang Platonning Fedr dialogida muhim adabiy manzara sifatida koʻrsatilgan va bolalar yorugʻlik moslamalarini yuqoriga koʻtarish orqali Gippokratning kelajak avlodlarga bilim oʻtkazishini ifodalashdi. Bu esa tibbiyotning otasi Gippokratga ishora edi. Keyinchalik, qadimgi yunon falsafasidagi asosiy elementlar – olov, suv, yer va havo – asosida „quyoshga sayohat“ konsepsiyasi bilan sahna koʻrinishi namoyish etildi. Rasmiy qism oʻyinlar elchisi, yunon qoʻshiqchisi Vicky Leandros tomonidan ijro etilgan Ozodlik madhiyasi bilan boshlandi. Allegorik sahnalar, yorugʻlik va musiqa vositasida insoniyatning yutuqlari va qiyinchiliklarga qarshi kurashishi haqidagi hikoya tasvirlandi. Shundan soʻng, millatlar paradi boshlandi va fransuz bastakorlari Yves Stepping va Jean Christophening musiqasi yangradi. Ushbu musiqa Gefest haqidagi yunon afsonasini tasvirladi. U Zevs va Geraning oʻgʻli boʻlib, tugʻilganida kichik boʻlgani uchun Olimpdən uloqtirilgan, ammo Tetis va Evrinome tomonidan saqlanib qolingan va metall quyish sanʼatiga oʻrgatilgan. Qiyinchiliklarga qaramay, Gefest olov va metallurgiya xudosi sifatida yetishgan va uning hikoyasi kurash va hayot kuchiga erishish uchun harakatni ifodalaydi. Paraddan soʻng stadionda mushakbozlik boʻldi. Marosimda 150 nafar mahalliy xodim va 400 nafar koʻngilli qatnashgan. 8 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan bolalar Avstraliya, Fransiya, Ispaniya, Gretsiya va Germaniyadan kelgan. Aktyorlar Afroditi Simiti, Giannis Zouganelis va tarjimon Sofiya Roboli marosimni olib bordilar. Marosim yakunida yunon tenori Mario Frangoulis va Kalli Georgelli maxsus kompozitsiyani ijro etdilar.
Nutqlar davomida Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Ser Philip Craven va Tashkiliy qoʻmita rahbari Gianna Angelopoulos-Daskalaki sportchilar va tomoshabinlarga murojaat qilib, shunday dedi: „Olimpiya mashʼalasi sportchilarning yoʻlini yoritadi. Koʻpchilaringiz Afinadan medallar bilan qaytasiz, ammo hammangiz haqiqiy chempion sifatida ketasiz.“ Phil Craven oʻz nutqida Demokritdan iqtibos keltirdi: „Ikki ming yil oldin Demokrit shunday degan: ‘Oʻzingni yengish – eng birinchi va eng yaxshi gʻalabadir.’ Bu barcha sportchilarga toʻgʻri keladi, ammo ayniqsa Paralimpiyachilar uchun juda mosdir.“ Oʻyinlar rasman Gretsiya Prezidenti Konstantinos Stephanopoulos tomonidan ochib berildi. U oʻz nutqini grek tilida eʼlon qildi va unga Prezidentning adjutanti, armiya leytenant polkovnigi Dimitrios Reskos hamrohlik qildi.
Paralimpiya mashʼalasini yunon sportchisi, afsonaviy pioner Georgios Toptsis yoqib berdi. Toptsis 1988 va 1996-yillar oraligʻida uchta medalni (bitta kumush va ikkita bronza) qoʻlga kiritgan.
Yopilish marosimi 2004-yilgi Yozgi Paralimpiya o‘yinlarining yopilish marosimi 2004-yil 28-sentyabrda boʻlib oʻtdi. Afinaga yoʻl olayotgan Farkadonalik yetti oʻquvchining avtobus fojiasida halok boʻlishi munosabati bilan anʼanaviy madaniy koʻngil ochar tadbirlar bekor qilingan.
Afina Olimpiya oʻyinlari Tashkiliy qoʻmitasi [ATHOC] 12-yozgi Afinadagi Paralimpiya oʻyinlari yopilish marosimini asl rejadagi koʻrinishda oʻtkazmaslikka qaror qildi. Marosimning badiiy va koʻngilochar qismi boʻlmaydi. (rasmiy bayonot)
Bayroqlar yarmi pastga tushirildi va bir daqiqalik sukut saqlandi. Ochilish marosimidagi rasmiylikdan farqli ravishda, sportchilar yakuniy marosimda stadionga birgalikda kirdilar. Shundan soʻng rasmiy tartibdagi tadbirlar, jumladan, Pekinga (2008-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlari mezboni) bayroq topshirish va Xitoy delegatsiyasining madaniy taqdimoti (shu jumladan yangi Paralimpiya „agitos“ emblemasi taqdimoti) boʻlib oʻtdi. Keyin yoshlar qogʻoz chiroqlar bilan stadion markaziga kirib, sportchilarga qoʻshildi va Paralimpiya mashʼalasi oʻchirildi.
Taqvim
Quyidagi 2004-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari taqvimida har bir koʻk katak musobaqa boʻlib oʻtgan kunni bildiradi. Sariq kataklar esa shu sport turi boʻyicha medal berilgan final kunlarini koʻrsatadi. Sariq katak ichidagi raqam oʻsha kunda oʻtkazilgan final sonini bildiradi. Har bir katak ichidagi nuqta oʻsha kunda musobaqalar boʻlganligini bildiradi.
+ Quyidagi jadvaldagi ranglar izohi ● Ochilish marosimi Musobaqalar Final bosqichlari ● Yopilish marosimi
+ Sport musobaqalari va marosimlar jadvali Sentyabr Jum17 Shan18 Yak19 Du20 Se21 Chor22 Pay23 Jum24 Shan25 Yak26 Du27 Se28 Oltinmedallar MarosimlarOM Ym Kamondan oʻq otish
|style="background-color:#3399ff" |● |style="background-color:#3399ff" |● |style="background-color:#3399ff" |● |style="background-color:#3399ff" |● |style="background-color:#ffcc00" |5 |style="background-color:#ffcc00" |2
| 7 Atletika
|style="background-color:#ffcc00" |22 |style="background-color:#ffcc00" |21 |style="background-color:#ffcc00" |21 |style="background-color:#ffcc00" |22 |style="background-color:#ffcc00" |18 |style="background-color:#ffcc00" |17 |style="background-color:#ffcc00" |26 |style="background-color:#ffcc00" |24 |style="background-color:#ffcc00" |23 | | 194 Bochcha
|style="background-color:#3399ff" |● |style="background-color:#3399ff" |● |style="background-color:#3399ff" |● |style="background-color:#ffcc00" |4 |style="background-color:#3399ff" |● |style="background-color:#ffcc00" |3 | 7 Trek velopoygasi | |style="background-color:#ffcc00" |3 |style="background-color:#ffcc00" |4 |style="background-color:#ffcc00" |4 |style="background-color:#ffcc00" |2 |style="background-color:#ffcc00" |3
| 16 Yoʻl velopoygasi
| style="background-color:#ffcc00" |3 |style="background-color:#3399ff" |● | | style="background-color:#ffcc00" |12 | | 15 Ot sporti
|style="background-color:#ffcc00" |2 |style="background-color:#ffcc00" |2 |style="background-color:#ffcc00" |2 | style="background-color:#ffcc00" |2 | | style="background-color:#ffcc00" |1
| 9 5 kishilik futbol | | style="background-color:#3399ff" |● | | style="background-color:#3399ff" |● |