Porso ( — dindor, taqvodor, xudojoʻy; tabarruk, pokiza) — kelib chiqishi forscha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Porso Shamsiyev — navoiyshunos va matnshunos olim. Filologiya fanlari doktori (1970), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1972); Porso Xoʻjayev — Buxorodagi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri, Buxoro XSR va Oʻzbekiston SSR davlat va jamoat arbobi, pedagog.

Familiyalar

Porsoyev Porsoyeva

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari