Abu al-Faraj Yaʼqub ibn Yusuf ibn Killis () – (taxminan 930–991), asosan, Ibn Killis nomi bilan tanilgan. Ixshidiylar davlati davrida yuqori martabali amaldor boʻlgan va keyinchalik 979-yildan 991-yilda vafotiga qadar Fotimiylar xalifaligida vazir lavozimida xizmat qilgan.
Yaʼqub ibn Yusuf ibn Killis taxminan 930-yilda Bagʻdodda yahudiy oilada tugʻilgan. Uning oilasi Suriyaga koʻchib oʻtgach, 943-yilda Ibn Killis Misrga kelgan va u yerda Abulmisk Kafurning xizmatiga kirgan. Ibn Killis uy xoʻjaligi va mulk boshqaruvchisi lavozimiga tayinlangach, Misr davlatining moliyaviy ishlariga mas’ul boʻlgan. 967-yilda islomni qabul qilgan boʻlsa-da, Kofurning oʻrniga kelgan merosxoʻrlarning ishonchini yoʻqotganidan soʻng qamoqqa tashlangan. Biroq pul evaziga ozodlikka chiqqan va Ifriqiyaga borib, u yerda Fotimiylar xalifasi al-Mu’izz xizmatiga kirgan.
969-yilda Fotimiylar Misrni zabt etganidan soʻng, Ibn Killis yana Misrga qaytib keldi va mamlakat iqtisodiyotini boshqarish uchun tayinlandi hamda davlat moliyasini tartibga solishga muvaffaq boʻldi. 979-yilda Javhar as-Siqilliy lavozimidan boʻshatilgach, Ibn Killis xalifa al-Aziz tomonidan vazir etib tayinlandi. U bu lavozimni 991-yilda vafotiga qadar egallab turdi. Ibn Killis madaniyat va ilm-fan homiysi sifatida ham tanilgan.
Adabiyotlar
, pp. 80–96
Turkum:991-yilda vafot etganlar Turkum:10-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:10-asr Fotimiylar xalifaligi kishilari