Prajnaparamita (sanskritcha: प्रज्ञापारमिता) – „cheksiz aql-zakovat“ yoki „mukammal idrok“ degan maʼnoni anglatuvchi Mahayana buddizmining asosiy tushunchalaridan biri. Bu haqiqatning mohiyatini mukammal anglash usuli hamda Qalb Sutra va Olmos Sutra kabi matnlarni oʻz ichiga olgan maxsus Mahayana sutralari toʻplamiga ham ishora qiladi.

Bu atama sanskritcha prajñā („donolik“, „bilim“) va pāramitā („mukammallik“, „aql-idrokdan oliyroq tushunchalar“, „narigi tomonga oʻtish“) soʻzlarining birlashmasidan hosil boʻlgan. Prajnaparamita Mahayana buddizmining markaziy gʻoyalari – boʻshliq (śūnyatā), mohiyatsizlik (svabhāva yoʻqligi), narsalarning illuzyon tabiati (māyā]), barcha hodisalarning „tugʻilmagan“ (anutpada)ligi va Nāgārjunaning Madhyamaka falsafasi bilan chambarchas bogʻliqBuswell, Robert; Lopez, Donald S. Jr., eds. (2014), The Princeton Dictionary of Buddhism, Princeton University Press, p. 945.King, Richard (1995), Early Advaita Vedānta and Buddhism: The Mahāyāna Context of the Gauḍapādīya-kārikā, SUNY Press, p. 113.. Bu tushunchani amaliyotda qoʻllash va tushunish Bodhisattva yoʻlining ajralmas qismi hisoblanadi.

Edward Conzening fikricha, Prajnaparamita Sutralari „miloddan avvalgi 100-yildan milodiy 600-yilgacha Hindiston yarim orolining bir qismida yozilgan qirqga yaqin matnlar toʻplamidir“Conze, E. Perfect Wisdom: The Short Prajnaparamita Texts, Buddhist Publishing Group, 1993.. Baʼzi Prajnaparamita sutralari eng qadimgi Mahayana sutralari qatoriga kiradiWilliams, Paul. Buddhist Thought. Routledge, 2000, p. 131.Williams, Paul. Mahayana Buddhism: The Doctrinal Foundations 2nd edition. Routledge, 2009, p. 47..

Manbalar

Adabiyotlar

Müller, F. Max, trans (1894). Buddhist Mahâyâna texts Vol.2, Oxford, Clarendon Press (the Vagrakkedikâ, the larger Pragñâ-pâramitâ-hridaya-sûtra, the smaller Pragñâ-pâramitâ-hridaya-sûtra).

Havolalar

Mahāprajñāpāramitā Mañjuśrīparivarta Sūtra: Inglizcha tarjima, Lapis Lazuli Texts Prajnyaparamita adabiyoti Prajnaparamita adabiyoti bibliografiyasi Lotsawa House Tibetcha Prajnaparamita matnlarining tarjimalari

Turkum:Buddizmning falsafiy tushunchalari Turkum:Mahayana sutralari