Mahmud Mirzo Qojar (; 1905-yil 9-oktabr – 1988-yil 2-iyul) – Eron shahzodasi, Qojarlar sulolasi vakili, Muhammad Ali Shoh Qojarning oʻgʻli.

U 1988-yil 5-mayda jiyani Hamid Mirzo vafot etganidan keyin Qojarlar sulolasining boshligʻi boʻlgan va 1988-yil 2-iyulda vafotigacha bu lavozimda qolgan.

Avlodlari U Afot Ashtiyoniyga uylangan. Ularning bir qizi va bir oʻgʻli bor edi:

Turanduxt (1940-yil 1-fevral, Deauvilleda tugʻilgan – 2025) – Nosiriddinshohning oʻgʻli shahzoda Kamron Mirzo Nayeb as-Saltana avlodi Keyxosro Kamroniyga (2007-yil 8-yanvar, Parijda vafot etgan) turmushga chiqqan. Ikki farzandi bor: Jahongir Kamroniy (1970-yil 8-yanvar, Parijda tugʻilgan) va Navid (1981-yil 15-iyun, Parijda tugʻilgan). Shahzoda Muhammad Ali Mirzo (1942-yil 23-may, Parijda tugʻilgan) – bankir. Avval Muhammad Hasan Mirzoning qizi Giti Afruzning qizi Robin Qojar-Vamboldga uylangan, farzandsizlik sabab ajrashgan. Ikkinchi xotini Sharlotta Furnua bilan Roxanna ismli qizi bor (1993-yil 30-may, Parijda tugʻilgan).

Manbalar

Havolalar Mahmud Mirzoning fotosurati Qojarlar sahifasi

Turkum:Qojar shahzodalari Turkum:1905-yilda tugʻilganlar Turkum:1988-yilda vafot etganlar Turkum:Eron shahzodalari Turkum:Fransiyaga koʻchgan eronliklar