Kamoliddin (, Kamāl ad-Dīn) kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi boʻlib, arab tilida „dinning mukammalligi“, toʻliqlik, yetuklik va mukammallik maʼnosini anglatadi.
Bu ism Kamol (), al- () va dīn () unsurlaridan tashkil topgan. Odatda Kamol al-Din tarzida yozilsa-da, dāl (, d) harfi quyosh harfi boʻlgani uchun, al- ning lām (, l) harfi talaffuzda din soʻzining birinchi harfiga qoʻshilib, natijada qoʻsh undosh hosil qiladi.
Taniqli shaxslar
Kamoliddin Behzod – fors miniatyuralari rassomi (1450—1535); Kamoliddin Haydarov – ozarbayjonlik bastakor va siyosatchi; Kamoliddin Ahmedov – rossiyalik futbolchi; Kamoliddin Rahimov – xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1943—2015); Kamoliddin Tojiyev – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va futbol murabbiyi; Kamoliddin Rabbimov – oʻzbekistonlik siyosatshunos; Kamoliddin Binoiy – shoir, musiqashunos, tarixchi; Kamoliddin Murzoyev – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va Oʻzbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari; Kamoliddin Tojiboyev – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi; Kamoliddin Ismoil – fors-tojik shoiri Kamoliddin Oʻrinboyev – Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori; Mir Kamoliddin Husayn – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir va tasavvuf namoyandasi; Kamoliddin Kenjayev – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi; Kamoliddin Zohid – hindistonlik tasavvuf shayxi; Kamoliddin Udiy – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir va sozanda; Kamoliddin Gʻopirov – Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi; Kamoliddin Husayniy – musiqashunos, sozanda, bastakor; Kamoliddin Isfahoniy – fors shoiri; Amir Kamoliddin Husayn – shoir;
Yana qarang
Kamol
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari Turkum:Arabcha erkaklar ismlari