Nodir ( — siyrak; kam uchraydigan, kamyob) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Tarixiy shaxsiyatlar
Nodir devonbegi — buxorolik siyosatchi, oʻzbeklarning Orlot urugʻidan boʻlgan moliya vaziri; Nodirshoh — Afshorlar sulolasi asoschisi. Kavkazdan Hind daryosigacha boʻlgan hududda imperiya tashkil qilgan.
Davlat arboblari va siyosatchilar
Nodir Abbosov — Sovet Ozarbayjon partiyasi rahbari, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1976); Nodir Jumayev — oʻzbek moliyachisi, iqtisod fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi; Nodirbek Tilavoldiyev — oʻzbek boshqaruvchisi va siyosatchi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi aʼzosi; Nodirjon Abduvaliev — oʻzbek siyosatchisi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati; Nodirshoh Muhammad — Afgʻoniston podshosi (1929—1933); 1973-yilgacha Afgʻonistonda hukmronlik qilgan sulola asoschisi.
Fan arboblari va olimlar
Nodir Haydarov — oʻzbek nevrologi, stomatologi, dotsenti va tibbiyot fanlari doktor; Nodir Jonuzoq — shoir, muharrir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi, „Shuhrat“ medali hamda Doʻstlik ordeni sohibi; Nodirbek Yusufbekov — oʻzbekistonlik kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi aʼzosi, akademik (2000). Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Texnika fanlari doktori (1971), professor (1973); Nodirxon Hasanov — oʻzbekistonlik adabiyotshunos, tasavvufshunos olim, Filologiya fanlari nomzodi (1999).
Sanʼatkorlar
Nodirbek Primqulov — oʻzbek estrada xonandasi va aktyori.
Sportchilar
Nodir Abdurazzoqov — oʻzbekistonlik futbolchi; Nodir Davlatov — oʻzbekistonlik futbolchi; Nodir Eliboyev — oʻzbekistonlik futbolchi; Nodir Sanoqulov — oʻzbekistonlik futbolchi; Nodir Yoʻldoshev — oʻzbekistonlik futbolchi; Nodirbek Abduholiqov — oʻzbekistonlik futbolchi; Nodirbek Abdusattorov — oʻzbekistonlik shaxmatchi, xalqaro toifadagi grossmeyster; Nodirbek Mukarov — oʻzbekistonlik futbolchi; Nodirbek Qoʻziboyev — oʻzbekistonlik futbolchi; Nodirbek Yoqubboyev — oʻzbekistonlik shaxmatchisi, grossmeyster; Nodirjon Mirzaahmedov — oʻzbek bokschisi; Nodirjon Orziqulov — oʻzbekistonlik futbolchi; Nodirjon Soyibov — oʻzbekistonlik futbolchi; Nodirxon Habibullayev — oʻzbekistonlik futbolchi; Nodirxon Kamolov — oʻzbekistonlik futbolchi; Nodirxon Neʼmatxonov — oʻzbekistonlik futbolchi.
Boshqalar
Nodir Salifov — ozarbayjonlik jinoyatchilar boshligʻi. U Ozarbayjon jinoyat olamidagi eng boy jinoyatchilardan biri hisoblangan.
Familiyalar Nodirov Nodirova
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari