Encyclopaedia Islamica – islomshunoslik va Eronshunoslik boʻyicha Brill tomonidan chop etilayotgan ensiklopediya boʻlib, u fors tilidagi Dā'erat-ol-Maʼāref-e Bozorg-e Eslāmi (, „Buyuk Islom Ensiklopediyasi“)dan tanlab olingan maqolalarining 16 jildlik tarjimasidan iborat (loyiha hali ham davom etmoqda) va Ismoiliylar instituti bilan bogʻlangan olimlar tomonidan ingliz tilida yozilgan qoʻshimcha maqolalar bilan toʻldirilganMousa al-Reza Wahdati. Review of Encyclopaedia Islamica Volume 3 (Adab – al-Bāb al-Ḥādī ͑ashar) ed. by Farhad Daftary, Wilferd Madelung. Journal of Shi’a Islamic Studies. Volume 8, Number 1, Winter 2015. pp. 107–109.Suzanne M. Estelle-Holmer. Review of Wilferd Madelung and Farhad Daftary, eds. Encyclopaedia Islamica , Vol. 1: ‘Abaʼ- Abu Hanifa. Theological Librarianship. An Online Journal of the American Theological Library Association. Volume 2, Number 2 • December 2009. pp. 103–104..
Ushbu fors tilidagi loyiha 1983-yildan beri Kazim Musaviy-Bojnurdiy rahbarligida olib borilmoqda. Oʻsha yili Tehronda Buyuk Islom ensiklopediyasi markazi tashkil etilib, ilmiy qoʻmitani shakllantirish orqali loyiha ustida ish boshlanganBauden, Frédéric. Review of Encyclopaedia Islamica, volume 1 (A-Abū Ḥanīfa), éd. Farhad Daftary et Wilferd Madelung. Moyen Age (Le). CXIX(2), pp. 465–466 (In French).. Loyihaning asosiy eʼtibori shia islomiga qaratilgan va u islom olamida katta qiziqish uygʻotgan. Bugungi kunda undan fors tilida soʻzlashuvchi koʻplab islomshunos olimlar qoʻllanmoqda 2016-yil holatiga koʻra, ensiklopediya fors alifbosidagi toʻqqizinchi harfgacha yetgan va 22-jildi tugallangan..
Brill nashriyotining Encyclopaedia Islamica muharrirlari – Farhad Daftariy va Wilferd Madelung. Loyiha 2008-yilda boshlangan boʻlib, 2028-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan. U asosan ilmiy izlanish olib borayotgan magistratura va undan yuqori bosqichdagi talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, puxta hujjatlashtirishga urgʻu berilgan.
Yana qarang Buyuk Islom ensiklopediyasi markazi Eronning mukammal tarixi Ikki inqilob oralig‘ida Eron
Manbalar
Havolalar Fors tilidagi dastlabki 24 jildning rasmiy matni rasmiy vebsayt Brill nashriyotining rasmiy eʼloni va koʻrish imkoni Ismoiliylar instituti tarjimasi
Turkum:Islom ensiklopediyalari Turkum:Fors tilidagi ensiklopediyalar Turkum:Ingliz tilidagi ensiklopediyalar Turkum:Eronning onlayn ensiklopediyalari Turkum:Eron kitoblari Turkum:21-asr ensiklopediyalari