Ibrohim ibn Hamdon (; 920/1-yilda vafot etgan) Hamdoniylar sulolasining Abbosiylar xalifaligi viloyat noibi lavozimida xizmat qilgan ilk aʼzosi.
Ibrohim haqidagi ilk maʼlumotlar 908-yilga oid. Shu yili ukasi Husayn Ibn al-Muʼtazzning muvafaqqiyatsiz toʻntarishida ishtirok etgach, Abbosiylar hukumati uni taʼqib ostiga olgan. Husaynning boshqa aka-ukalari kabi Ibrohim ham Abbosiylarga sadoqatini saqlab qolib, Husaynni afv etish boʻyicha muzokaralar olib bordi. Natijada, Husayn Abbosiylar xizmatiga qayta qabul qilindi. Husayn 914—915-yillarda yana bir qoʻzgʻolon koʻtargach, Ibrohim isyonga aloqadorlikda gumonlanib, boshqa ukasi Abdulloh bilan birga qisqa muddatga qamoqqa olingan. Ibrohim ozod qilingach, 919/920-yilda Yuqori Mesopotamiyaning Diyor Rabiʼa viloyatiga noib etib tayinlangan. Oradan bir yil oʻtib vafot etgach, uning oʻrniga ukasi Dovud tayinlangan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:9-asrda tugʻilganlar Turkum:10-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:920-yillarda vafot etganlar Turkum:Hamdoniylar sulolasi Turkum:Abbosiylar xalifaligi noiblari Turkum:10-asr arablari Turkum:10-asr shialari Turkum:Abbosiylar xalifaligi mahbuslari va asirlari