Ahmad ibn iso ibn Zayd (; 774 yoki undan keyin tugʻilgan – 854 yoki 861-yilda vafot etgan) – islomiy ilohiyotchi, muhaddis, faqih. Zayd ibn Alining nevarasi, dastlabki Abbosiylar davrida yashagan Alilardan, Zaydiyya mazhabining yetuk ulamolaridan biri sanaladi. Kunyasi Abu Abdulloh, laqabi al-Muxtafiy boʻlgan. Uning otasi Iso Mu’tam al-Ashbal ibn Zayd Zaydiyyaning 13-imomi hisoblanadi. Aksariyat hayotini taʼqib ostida yashirin holda oʻtkazgan. Al-Muxtafiy laqabi unga oltmish yillik hayotini yashirin tarzda oʻtkazgani sababli berilgan.

Ahmad ibn Isa ibn Zaydning rivoyat qilgan hadislari va fiqh sohasidagi fikrlari Muhammad ibn Mansur al-Murodiy tomonidan toʻplangan boʻlib, bu asar „Amali Ahmad ibn Iso va Ulum al-Muhammad“ (arabcha: امالی احمد بن عیسی و علوم آل محمد(ص)) nomi bilan mashhur. Ushbu kitob Zaydiy olimlari va rivoyatchilari tomonidan asosiy manbalardan biri sifatida doimiy eʼtirof etib kelingan.

Yana qarang Ahmad ibn at-Toyib as-Saraxsiy Xalifa ibn Xayyot

Manbalar

Havolalar

Huquqiy, tafsir va magʻoziy hadislarda musulmon anʼanalarini oʻrganishni tahlil qilish – Nikolet Boekhoff, Shon V. Entoni Iso ibn Zayd (Mutem al Shebal)