Feride Rushiti (1970-yil 12-sentyabr) – kosovolik inson huquqlari faoli, doktor, „Kosovo qiynoqlardan omon qolgan qurbonlarni reabilitatsiya qilish markazi“ (KRCT) direktoriFeride Rushitit do tʼi ndahet Çmimi Ndërkombëtar për Gratë e Guximshme . 2018-yil 23-mart kuni AQSh Davlat kotibining „Xalqaro jasur ayollar“ mukofotiga sazovor boʻlgan. Ushbu mukofot AQShning birinchi xonimi Melania Trump tomonidan topshirilganFeride Rushiti merr Çmimin Ndërkombëtar për Gratë e Guximshme Feride Rushiti, fituese e çmimit për gra të guximshme Pensacola Welcomes Dr. Feride Rushiti, Human Rights Activist From Kosovo'I didnʼt want this to be a tabooʻ: the fight for Kosovan women raped during the warDr. Feride Rushiti (Kosovo).
Taʼlimi va faoliyati
Feride Rushiti 1970-yil 12-sentyabrda dunyoga kelgan. 1997-yilda Albaniyaning Tirana shahrida tibbiyot fakultetining gastroenterologiya ixtisosligini tamomlaganKush është Feride Rushiti e cila që 20 vjet punon me viktimat e dhunës seksuale në Kosovë .
1998–1999-yillardagi Kosovo urushidan soʻng, Feride Rushiti urushdan keyin qaytib kelganlar va qiynoqlardan omon qolganlarga yordam koʻrsatish maqsadida Kosovodan 45 nafar sogʻliqni saqlash xodimidan iborat jamoani safarbar qilgan. U, shuningdek, Albaniyadagi qochqinlar lagerlarida shifokor sifatida xizmat qilgan va u yerda jinsiy zoʻravonlikdan omon qolganlar bilan bevosita ishlagan.
thumb|Doktor Feride Rushiti Kukesdagi qochoqlar lagerida, 1999-yil.
Urushdan keyin Kosovo qiynoqlardan omon qolgan qurbonlarni reabilitatsiya qilish markazini tashkil qilgan. Markazning asosiy yoʻnalishi qiynoqlar va jinsiy zoʻravonlikdan omon qolganlarni reabilitatsiya qilish hamda ularning huquqlarini himoya qilishdan iborat edi.
Feride Rushiti hamda boshqa faol ayollar tomonidan oʻn yildan ortiq vaqt mobaynida Kosovodagi urushda jinsiy zoʻravonlik va qiynoqlarga uchragan ayollar huquqlarini himoya qilish, ularning soʻzlarini hukumatga yetkazish yoʻlida faoliyat olib borilgan va hukumatga taʼsir oʻtkazishga urinilgan. Natijada, hukumat bu insonlarni urush qurboni sifatida tan olgan, yaʼni ularga rasman ushbu maqomni bergan. Bu esa qurbonlarga davlat tomonidan har oy kompensatsiya sifatida maʼlum miqdorda pul olish huquqini bergan. Qurbonlarga toʻlanadigan kompensatsiya miqdori past boʻlishi mumkinligi haqida turli mish-mishlar tarqalganida Feride Rushiti moliya vaziri Bedri Hamza bilan uchrashib, bu borada u bilan gaplashgan. 2018-yilning fevral oyidan boshlab roʻyxatga olish ishlari boshlangan. Ushbu davrda jinsiy zoʻravonlikka uchragan qurbonlarga oyiga 280 AQSH dollari (taxminan 228 yevro) miqdorida kompensatsiya toʻlanadiNot All Kosovar Women Raped During War With Serbia Apply For Compensation .
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:12-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Shifokorlar