Ali Rizo Elbasanli yoki Ali Rizo Dede (1882–1944) – Bektoshiy tariqatining 2-dedebabasi boʻlganAli Rizo Dede Bobo (Kryegjyshata Botërore Bektashiane).
Hayoti Ali Rizo Usmonli imperiyasi tarkibidagi Albaniyaning Kruya shahrida tugʻilgan. Shuning uchun uni baʼzan Ali Rizo Kruyaliy deb ham atashadi. Tugʻilgan sanasi aniq emas – 1876 yoki 1882-yil boʻlishi mumkin.
Ali Rizo 10 yil davomida Fushë Krujëdagi takiyada xizmat qilgan, soʻngra Martaneshda darvesh boʻlib ishlagan. Keyin Baba Ahmad Turoniy uni Elbasandagi Baba Hamit takiyasining baboasi etib tayinlagan. U 1921-yil noyabridan 1941-yil dekabrigacha bu takiyaning babasi boʻlgan.
Solih Nijoziy Dedebabaning vafotidan soʻng, Ali Rizo uning oʻrniga Dedebaba boʻldi. Dastlab bu lavozimni qabul qilishdan bosh tortgan boʻlsa-da (yetarli bilimga ega emasligini his qilgan), vafotigacha (1944-yil 22-fevral) Dedebaba sifatida xizmat qildi.
Manbalar
Turkum:1876-yilda tugʻilganlar Turkum:1944-yilda vafot etganlar Turkum:Bektoshiy dedebabalari