Koʻzgu sindromi – uch tomonlama shish yoki Ballantin sindromi homilador ayollarda kam uchraydigan kasallik hisoblanadi. Sindrom homila va yoʻldoshning gidropsi bilan onaning preeklampsiyasi orasidagi gʻayrioddiy bogʻliqlikni ifodalaydi.
„Koʻzgu sindromi“ nomi onaning shishi va homilaning gidropsi oʻrtasidagi oʻxshashlikka ishora qiladi. Sindrom birinchi marta 1892-yilda Jon Uilyam Ballantin tomonidan taʼriflangan.
Belgi va simptomlari
Ballantin sindromi quyidagi xususiyatlarga ega:
shish, doimo asosiy belgi hisoblanadi
onada albuminuriya, odatda yengil kechadi
preeklampsiya, kamdan-kam uchraydi
Homila belgilari suyuqlik ushlanib qolishi bilan bogʻliq boʻlib, bularga assit va koʻpsuvlilik kiradi. Homila gidropi jiddiy va ehtimol oʻlimga olib boruvchi homila patologiyasi mavjudligini koʻrsatadi.
Kasallik parvovirus B19 infeksiyasi va egizaklararo qon oʻtkazish sindromi bilan bogʻliq boʻlishi ham mumkin.
Sabablari
Etiologiyasi immunologik kasalliklardan tortib, jumladan rezus-izoimmunizatsiya, homila infeksiyalari, moddalar almashinuvi buzilishlari va homila rivojlanish nuqsonlarigacha boʻlgan turli xil akusherlik muammolaridan biri boʻlishi mumkin.
Ballantin sindromi ota-onaning ikkalasidan ham irsiy olingan qoʻshaloq alfa talassemiya belgisi (ogʻir alfa talassemiya) tufayli homilada gemoglobin Barts kasalligi rivojlanishiga onaning reaksiyasi natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Patogenezi Ballantin sindromining etiopatogenetik mexanizmi hamon nomaʼlum boʻlib qolmoqda.
Tashxisi
Ballantin sindromining aniq etiopatogenetik mexanizmi nomaʼlum boʻlsa-da, koʻplab tadqiqotchilar gemoliz boʻlmagan holda siydik kislotasi miqdorining koʻtarilishi, kamqonlik va gematokrit koʻrsatkichining pastligi haqida maʼlumot berishgan. Differensial tashxisi Ballantin sindromi va preeklampsiyani farqlash kerak. Homilaning ogʻir gidropsi etiologiyasi homila holati jiddiy tarzda yomonlashganda Ballantin sindromiga sabab boʻlishi ehtimoli yuqori. Bu sindrom faqatgina homila-yoʻldosh patologiyasining oʻta ogʻir koʻrinishi hisoblanadi. Trombotsitlar soni, aspartat transaminaza, alanin transaminaza va gaptoglobin odatda oʻzgarmaydi va bular koʻzgu sindromini HELLP sindromidan farqlash uchun qoʻllanilishi mumkin.
Davolash Koʻp hollarda, Ballantin sindromi homila yoki chaqaloqning oʻlimiga olib keladi. Aksincha, onaga taʼsiri koʻp boʻlsa preeklampsiya bilan cheklanadi.
Manbalar
Turkum:Tibbiyot Turkum:Ginekologiya