Mariam Batsashvili (1993-yil 1-iyunda tugʻilgan) – klassik musiqa yoʻnalishida ijod qiluvchi gruziyalik pianinochi.
Biografiyasi thumb|Mariam Batsashvili (oʻngda) va va Niderlandiya qirolichasi Maksima, 2014-yil. Mariam Batsashvili pianino chalishni 5 yoshida boshlagan va E. Mikeladze nomidagi Markaziy musiqa maktabida Natalya Natsvlishvili qoʻl ostida taʼlim olgan. Soʻngra tahsilini Veymarda joylashgan Frants List nomidagi Musiqa oliygohida Grigoriy Gruzman rahbarligida davom ettirganhttp://www.mariam-piano.com.
2014-yilda Utrextda boʻlib oʻtgan 10-Frants List pianino musobaqasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Bundan oldin 2011-yilda Veymarda oʻtkazilgan yosh pianinochilar oʻrtasidagi Xalqaro Frants List tanlovida gʻolib boʻlgan ediBiography Mariam Batsashvili First Prize winner of the 10th Liszt CompetitionPrize winners 1986-2014 – International Franz Liszt Piano Competition. Keyingi yili Batsashvili Arturo Benedetti Michelangeli mukofotiga sazovor boʻlgan. 2017-yildan 2019-yilga qadar BBCning „Yangi avlod sanʼatkorlari“dan biri boʻlganNew Generation Artists A to Z. 2019-yilda esa Warner Classics bilan birgalikda Chopin-Liszt nomli oʻzining ilk albomini chiqargan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Pianistlar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar