Xatuna Kalmaxelidze (gruzincha: ხათუნა კალმახელიძე; 1979-yil 11-fevralda tugʻilgan) – gruziyalik siyosatchi. 2009-yil dekabr oyidan 2012-yil sentyabr oyiga qadar Gruziya Adliya tizimi va mahbuslar ishi vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Yoshlik yillari Xatuna Kalmaxelidze 1979-yil 11-fevral kuni Gruziyaning Tbilisi shahrida dunyoga kelgan. Dastlab Hunter kollejida siyosiy fanlar boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Keyinchalik 2005-yildan 2007-yilga qadar AQShdagi George Washington universitetining Elliott xalqaro aloqalar maktabida tahsil olgan hamda Xalqaro munosabatlar va xalqaro xavfsizlik boʻyicha magistr darajasini egallagan. AQShda boʻlgan davrida Kalmaxelidze Gruziyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi vakolatxonasida ham faoliyat yuritgan. Shuningdek, 2006-yilda Saylov tizimlari xalqaro jamgʻarmasining (IFES) Siyosiy moliyalashtirish tadqiqot boʻlimida xizmat qilgan.
Siyosiy faoliyati Gruziyaga qaytgach, Kalmaxelidze Gruziya Tashqi ishlar vazirligida Siyosiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari etib tayinlangan. 2009-yil 21-dekabrda esa Gruziya Jazoni ijro etish va huquqiy yordam vaziri etib lavozimini egallagan. Vazirlik lavozimini egallaganidan soʻng Kalmaxelidze mamlakatdagi jazoni ijro etish tizimida bir qator islohotlarni amalga oshirgan va davlat qamoqxonalarining 80 foizini Yevropa standartlariga mos holga keltirgan.
2012-yil 18-sentyabr kuni Tbilisidagi qamoqxonada mahbuslarga nisbatan shafqatsiz muomala, ularni doʻpposlash va jinsiy zoʻravonlik sahnalari aks etgan videotasvirlar internet tarmoqlarida tarqalgan. Bu holat Gruziya jamoatchiligi orasida katta gʻazab va norozilikka sabab boʻlgan. Shundan soʻng, Xatuna Kalmaxelidze ushbu vaziyat uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan va isteʼfoga chiqqanPrison System Minister Resigns..
Xatuna Kalmaxelidze ingliz, nemis, fransuz va rus tillarini biladi.
Manbalar
Turkum:Gruziya ayol siyosatchilari 21-asr (mamlakat) Turkum:Gruziya hukumati ayol vazirlari (mamlakat) Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:Siyosatchilar Turkum:Siyosatchi ayollar