Katabon masjidi () Bangladeshning Dakka shahridagi Shohbogʻ hududida joylashgan musulmon missionerlari markazidir. U „Bangladesh Masjid Mission“ tashkilotining tadbirlari oʻtkaziladigan asosiy joy hisoblanadi va rasmiy ravishda „Bangladesh Masjid Mission Complex Central Mosque“ (Bangladesh masjid missiyasi majmuasi markaziy masjidi) nomi bilan tanilgan. Masjid bir vaqtlar Dakka navoblarining oilaviy otxonalari joylashgan hududga yaqin joyda qurilgan.
Masjid tarkibida „Islamic Economics Research Bureau“ (Islom Iqtisodiyoti Tadqiqot Byurosi) faoliyat yuritadi, u „zamonaviy islom banki va moliyasi sohasidagi mutaxassislar, akademiklar va talabalarning intellektual salohiyatini sinergiya qilish“ uchun ishlaydiMohammen Nasir Jawed, Year Book of the Muslim World, page 167, South Asia Books, 2006, . Bangladesh Masjid Mission Bangladeshda islomning anʼanaviy shaklini targʻib qiladi.
Yana qarang
Bangladeshda Islom Bangladeshdagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar Katabon masjidi WikiMapiada „Bangladesh Masjid Mission“ rasmiy veb-sayti
Turkum:Dakkadagi masjidlar Turkum:Bangladeshdagi sunniy masjidlar