thumb|Chadning Abéché shahridagi masjid Chadda islom dinining ildizlari Uqba ibn Nafiyga borib taqaladi va uning avlodlari hozirgi kungacha Chad koʻli atrofida yashab kelmoqda. XIV asrda sharqdan koʻplab arab muhojirlari kela boshlagan paytda islom allaqachon yoyilib boʻlgan edi. Chaddagi islomlashuv asta-sekinlik bilan kechdi. Bu islom sivilizatsiyasining oʻz siyosiy chegaralaridan tashqariga sekin-asta tarqalishi natijasi ediLibrary of Congress., and Thomas Collelo. Chad, a country study. 2nd ed. Washington D. C.: Federal Research Division Library of Congress ;For sale by the Supt. of Docs. U. S. G. P.O, 1990. . Chad musulmonlari orasida 48 foizini oʻzlarinisunniy, 21 foizi shia, 23 foizi shunchaki musulmon va 4 foizi esa boshqa yoʻnalishga mansub deb bilishadi.

Chadda islomning yoyilishiga oʻrta asrlarining buyuk tasavvufiy harakatlari yoki boshqa mamlakatlarga yuz bergan diniy inqiloblar taʼsiriga deyarli uchramagan. Gʻarbiy afrikalik musulmon savdogarlar va ziyoratchilar bilan uzoq muddatli aloqalar Chad musulmonlarining Tijaniya tariqati bilan bogʻlashlariga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Shuningdek, XIX asrning oʻrtalarida Liviyada asos solinganSanusiyya birodarlik tariqati 1900-yillarga kelib Chad koʻli havzasidagi iqtisodiy va siyosiy taʼsirga ega boʻldi. Baʼzi fransuzlarni xavotirga solgan islomiy uygʻonish harakati, Sanusiyya tarafdorlari rahbarligida, faqat Avlad Sulaymon arablari va sharqiy Tibestidagi Toubu qabilalari orasida tarqalgan boʻlib, hech qachon koʻp sonli boʻlmaganLibrary of Congress., and Thomas Collelo. Chad, a country study. 2nd ed. Washington D. C.: Federal Research Division Library of Congress ;For sale by the Supt. of Docs. U. S. G. P.O, 1990. Manbalar

Islom