Teach For Uzbekistan – taʼlim tizimini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilot boʻlib, Teach For All global tarmog‘ining Oʻzbekistondagi hamkori hisoblanadi. U taʼlim sohasida strategik rivojlanishni qoʻllab-quvvatlovchi loyihalarni yuritadi. Ushbu loyihada olis hududlardagi maktablarda oʻqituvchilik qilish uchun mahalliy va xorijiy universitet bitiruvchilari hamda turli soha vakillarini ishga yollaydi. Ishtirokchilarga pedagogik tayyorgarlik va ikki yil davomida metodik hamda moliyaviy yordam koʻrsatiladi.

Tarixi Teach For Uzbekistan tashkilotiga 2024-yilda Umida Yoʻldosheva va Madina Boʻriyeva tomonidan asos solingan. Shu yilning 29-avgust sanasida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rtasida umumiy o‘rta ta’lim tizimini rivojlantirish va uni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolangan.

Rivojlanish

Loyihaning ilk guruhi 13 nafar ishtirokchidan iborat boʻlib, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi va Koʻkdala tumanlaridagi maktablarda faoliyat boshlagan. Ishtirokchilar maktab dasturini oʻqitish bilan birga, ijobiy sinf muhitini shakllantirish, darsdan tashqari toʻgaraklar tashkil etish va oʻz ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish bilan shugʻullanishadi. +YilAriza topshirganlarTanlab olinganlarHudud2024?13 nafarChiroqchi va Koʻkdala tumani (Qashqadaryo viloyati)2025?31Surxondaryo viloyati2026?45Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Yana qarang

Oʻzbekistonda taʼlim Teach For All

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekistonda 2024-yilda tashkil etilgan tashkilotlar Turkum:Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan taʼlim tashkilotlari Turkum:Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlar Turkum:Alifbo boʻyicha tashkilotlar Turkum:Ijtimoiy tashkilotlar Turkum:Oʻzbekistonda taʼlim