Igor Dmitrovich Kobrin (, 1951-yil 2-fevral, Lvov – 2023-yil 10-dekabr) – ukrainalik kinorejissyor. Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist (2008). Ukraina Milliy kinematografiyachilar uyushmasi aʼzosi. Telecon studiyasi direktori.
Hayoti 1951-yil 2-fevralda Lvovda tugʻilgan. 1973-yilda Lvov universitetini tamomlagan. 1981-yilda I. K. Karpenko-Kariy nomidagi Kiyev davlat teatr sanʼati institutini kino va televideniye rejissyorligi mutaxassisligi (V. B. Kisin ustaxonasi) boʻyicha tamomlagan. 1982-yildan „Ukrtelefilm“ kinostudiyasida ishlaydi. 1992-yildan Telecon studiyasining asoschisi va direktori.
Chikago va Hyuston (AQSh), Yugoslaviyadagi xalqaro kinofestivallar gʻolibi.
2008-yil 21-noyabrda Ukrainada 1932—1933-yillardagi Golodomorning 75 yilligi munosabati bilan ukrain xalqining genotsid qurbonlari xotirasini eʼzozlashga qoʻshgan katta shaxsiy hissasi hamda Golomor haqidagi haqiqatni yoritishga qaratilgan fidoyi mehnati uchun unga „Ukrainada xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni berilgan.
2013-yil 7-fevraldan 7-martgacha Ukraina telekanalida namoyish etilgan 5 qismli „1941. Taqiqlangan haqiqat“ hujjatli filmi muallifi.
Kobrin 2023-yil 10-dekabrda 72 yoshida vafot etdi.
Filmografiyasi 1985 – Chudesa v Garbuzyanax 1986—1988 – Chernobil: Dva sveta vremeni () (2 qismli) 1987 – Mariya () 1987 – Pro schaste poyot Ukraina () 1992 – Probujdenie () 1996 – Ne xochu vspominat () 1997 – Zalojniki svobodi () 2001 – Xronika nadejd i illyuziy. Zerkalo istorii () 2004 – Apelsinovaya dolka () (3 qismli) 2005 – Lovushka () (2 qismli) 2005 – Sled krovaviy steletsya () (2 qismli) 2006 – Sobor na krovi () (10 qismli) 2008 – Xlebnaya gilotina () (3 qismli) 2009 – Generalnaya repetitsiya () (2 qismli) 2013 – 1941. Zapreshyonnaya pravda () 2020 – 1945 () (4 qismli) 2023 – Vozvrasheniye. Vasiliy Krichevskiy ()
Manbalar
Havolalar Igor Kobrinning „1941“ mualliflik filmi va „1941. Yashirin haqiqat“ post-shousi // kanalukraina.tv „Telecon“ studiyasining rasmiy sayti -da
Turkum:SSSR Kinematografiyachilar uyushmasi aʼzolari Turkum:2023-yilda vafot etganlar Turkum:11-dekabrda vafot etganlar Turkum:Lvovda tugʻilganlar Turkum:1951-yilda tugʻilganlar Turkum:2-fevralda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar